Qatarning yig'ini davom etmoqda
17 avg 2016 11:34
Yangiliklar
Qatarning yig'ini davom etmoqda
Qatar avgust oyi boshidan yig'inda ishtirok etmoqda. Xose Karreno boshchiligidagi jamoa 10 avgustgacha Doxada shug'ullangan bo'lsa, keyin mashg'ulotlar SHveycariyaga ko'chdi. Qatarliklar hozirgacha ikki o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. 8 avgust kuni Doxada Iroq 2:1 hisobida mag'lub etildi. Dastlab Tabata jarima zarbasidan aniq zarba yo'llagan bo'lsa, ikkinchi bo'lim boshida Ali Assadilla oradagi farqni oshirdi. Uchrashuv yakunida Jassim Muhammad hisobni qisqartirdi. Iroqliklar mazkur bahsda eksperimental tarkibni sinab ko'rishdi.
Qatar - Iroq 2:1
Gollar: Rodrigo Tabata 38, Ali Assadilla 50 Jassim Muhammad 75
Qatar: Amine Lekomte, Luiz Seara, Bualim Xuxi, Xolid Mufta, Ibrohim Majid, Pedro Migel, Muhammad Musa, Rodrigo Tabata, Ismoil Muhammad, Abdulrahmon Muhammad, Sebastyan Kuintana.
13 avgust kuni esa SHveycariyaning Lyucern shahrida Qatar Ispaniya La Ligasi azosi Betisga qarshi maydonga chiqdi. O'yinda ispan klubi ko'proq zaxiradagi futbolchilarni sinab ko'rdi. Ustunlik Betis tarafida bo'ldi va ular tomonidan ikkinchi bo'limda kiritilgan yagona to'p o'yin taqdirini hal qildi. Qatar safida uchrashuvda Kuintana ancha faol harakatlari bilan ajralib turdi.
Qatar - Betis 0:1
Qatar: Amine Lekomte, Muhammad Musa, Abdulkarim Hassan, Luis Martin, Rodrigo Tabata, Xolid Mufta, Pedro Migel, Bualim Xuxi, Ahmad Yosir, Karim Budiaf, Sebastyan Kuintana.
Zaxiradan tushganlar: Ahmad Aeldin, Ali Assadilla, Almuaz Abdulla, Ismoil Muhammad, Xalifa Abubakar.
Fikrlar