Qatarning "Ar Rayyan" klubi "Everton" o'yinchisi Xamesning ijarasi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda
21 sen 2021 12:01
Yangiliklar
Qatarning "Ar Rayyan" klubi "Everton" o'yinchisi Xamesning ijarasi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda
"Everton" yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 30 yoshli kolumbiyalik uchun "Ar Rayyan" davoglik qilmoqda. Qatar klubi o'yinchini ijaraga olmoqchi va xavbek bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Xavbek "Everton"ga 2020 yilning sentyabrida o'tgan edi, uning hisobida 26ta o'yinda 6ta gol va 9ta assist bor.
Yarim himoyachi 2021/22 yilgi mavsumda hali rasmiy o'yinda maydonga tushmadi.
Fikrlar