Qatar yulduzlar ligasi, 8-tur. Rashidovdan navbatdagi dubl!
07 noy 2015 22:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/188020_original.jpg)
![](/upload/storage/188020_220.jpg)
Qatar yulduzlar ligasi, 8-tur. Rashidovdan navbatdagi dubl!
Hamyurtimiz Sardor Rashidov harakat qilayotgan Qatarning "Al Jayish" jamoasi chempionatning 8-turida o'z uyida "Mesaymer"ni qabul qildi. Sardor Rashidov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va birinchi bo'limning o'zida ikkita gol urishga erishdi. Hamyurtimiz chempionatdagi o'z gollari sonini 6taga etkazib oldi. Jamoasi esa 5:2 hisobida zafar quchdi. Ushbu g'alabadan so'ng "Al Jayish" o'z ochkolarini 20taga etkazib oldi va ikkinchi o'ringa chiqib oldi.
Qatar yulduzlar ligasi, 8-tur.
"Al Jayish" - "Mesaymer" 5:2
Gollar: Romarino 11, 44, Sardor Rashidov 14, 36, Majid Muhammad 87 - Abdulrahmon Samir 35, Erivelto 85
"Al Jayish": K.N`Diaye, Lukash Mendesh, Yusuf Mufta, Yasser Abubakar Essa (Ali Sanad, 61), Vesam Riziq, M.Matnani (Salah Al Yahri, 78) Sardor Rashidov, Xolid Al Zreyki, Romarino (Muhammad Jedo, 79), Majid Muhammad, Vagner Ribeyro.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar