So’nggi yangiliklar

11:57ЎФА раҳбарияти Нидерландиянинг Ўзбекистондаги элчиси билан учрашди: ПСВ вакиллари билан онлайн учрашув ташкил этилиши мумкин  0 11:32U-17 Жаҳон чемпионатига қачон қуръа ташланади?  3 11:10Абдихолиқов ва Жалолиддинов ўйнаётган "Сумқайит"да бош мураббий ишдан кетди  0 10:49Гринвудга АПЛнинг иккита гранди қизиқиш билдирмоқда  1 10:20Рафиньянинг келажаги маълум  13 09:51Еврокубоклар финалларининг бош ҳакамлари маълум қилинди  5 09:22“Уяляпман“. Аморим МЮнинг ҳозирги ўйини ҳақида фикр билдирди  6 08:53“Реал“нинг иккита асосий футболчиси учун мавсум якунланади  6 08:24“Рома“ни бошқариш учун иккита асосий номзод бор  3 07:55Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:28Ўзбекистон кубоги. Бугун “Пахтакор“ — “Насаф“ учрашуви бор  18 01:40ЕЧЛ учун кураш. "Рома" муҳим баҳсда мағлубиятга учради  31 01:00Саудия Арабистони. Роналду майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" 9 та гол урди  12 00:28Витор Рейс: "Ҳусанов ҳудди акамдек"  16 00:09ПСЖдагиларнинг фикрича, Килиан клубдан 98 млн евро қарздор экан  4

Qatar termasi murabbiyi: "O'zbekistonning kuchsiz nuqtalari haqida gapirmayman, sababi..." Yangiliklar

Qatar termasi murabbiyi: "O'zbekistonning kuchsiz nuqtalari haqida gapirmayman, sababi..."

Osiyo kubogi chorak finali doirasidagi Qatar - O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Qatar termasi bosh murabbiyi Markes Lopes va o'yinchi Saad Al SHib ishtirok etishdi.

- Qatar termasi bosh murabbiyi va futbolchi Saad Al SHibning O'zbekistonga qarshi o'yin haqidagi fikrlari qanday?

- Markes Lopes: O'zbekiston bu Osiyo kubogida biz to'qnash kelgan eng kuchli jamoa. CHorak final bahsiga to'liq tayyormiz. Futbolchilar bu uchrashuv qanchalik qiyin va muhimligini tushunib turishibdi.

- Saad Al SHib: Ertaga qiyin o'yin bo'lishini bilamiz. Biroq, uchrashuvda g'alaba qozonishimizga ishonyapman.

- Janob Lopes, siz bundan oldin "Al Vakra" klubi bosh murabbiy bo'lgansiz. OCHL saralash o'yinida "Navbahor" jamoasiga mag'lub bo'lgandingiz. O'zbekiston terma jamoasi safida o'sha o'yinda qatnashgan ikki futbolchilar bor, masalan Oston O'runov va Jamshid Boltaboev. O'zbekiston termasi o'yinini analiz qildingizmi?

- Men o'zbekistonlik o'yinchilar qanday yuqori darajada ekanini yaxshi bilaman. O'zbekiston termasining so'nggi o'yinini stadiondan kuzatdim. Raqib taktikasini yaxshi analiz qildik.

- Janob murabbiy, O'zbekistonga qarshi bahs Osiyo kubogidagi to'rtta o'yindan qanchalik farq qiladi? O'zbekiston terma jamoasining kuchli va kuchsiz tomonlari haqida ayta olasizmi?

- Statistikaga qarasak, ko'p narsa o'zgarib ketgan. Ikki jamoa o'rtasidagi oxirgi uchrashuvlar 2017-2018 yillarda o'tkazilgan. Bu vaqt davomida jamoa tarkibidagi futbolchilar va murabbiylar o'zgardi. Matbuot anjumanida O'zbekistonning kuchsiz nuqtalari haqida gapirmayman, buni aytadigan bo'lsam, o'yindan oldingi rejamni oshkor qilib qo'ygan bo'laman.

- Saad Al SHib, O'zbekiston termasiga qarshi o'yin haqiqiy sinov bo'ladi. Bu jamoani haqiqiy kuchini ko'rsatib beradigan uchrashuv bo'ladimi?

- Hamjihat o'yin bo'yicha terma jamoamiz alo darajada. O'zbekistonga qarshi o'yin chiroyli uchrashuv bo'ladi.

- Janob Lopes, Qatar termasi boshqaruviga Osiyo kubogiga yaqin keldingiz. Jamoani 100% o'rganib oldim, deb o'ylaysizmi yoki bunga vaqt kerakmi?

- Qatar O'zbekiston bilan o'yinga zo'r tayyorlandi. Men bazi futbolchilarga imkoniyat berishni o'ylamoqdaman. O'zbekistonga qarshi o'yin qiyin bo'lishi aniq. Bizda juda yaxshi, tez va kuchli o'yinchilar bor. Jamoa sifatida musobaqadagi eng tezkor jamoa bo'lsak kerak. Qayta tiklanish uchun ham etarli muddat bo'ldi.

- Janob murabbiy, Qatar amaldagi chempionligiga qaramay, ko'pchilik ularni bu safar favoritlar safiga qo'shmayapti. Bu jamoaga qo'shimcha motivaciya beradimi yoki aksinchami?

- Men hammaning fikrini hurmat qilamiz. Biz hozir chorak finaldamiz, buni ham ko'pchilik kutmagandi. Har kimning o'z fikri bor. Biz yana chempion bo'lmoqchimiz. Tanqidlar biz uchun yaxshi motivaciya bo'ladi.

- Saad, jamoadagi atmosfera haqida gapirsangiz. Qatar terma jamoasidagi muhim 2019 yilgi jamoa bilan qanchalik o'xshash?

- Anchadan beri jamoadaman, bu sharaf. Osiyo kubogida alo kayfiyatdamiz. Mehmonxonada birga yashab aka-uka bo'lib ketdik. Har bir g'alabani shu erda birga nishonlayapmiz. Jamoadagi kayfiyat o'ta pozitiv.

- Janob Lopes, o'z qarashlaringizni jamoaga singdirish uchun sizda etarli vaqt bo'ldimi? Iroq termasi ustozi Xesus Kasasga bo'lgan munosabat haqida qanday fikr bildira olasiz?

- O'yinchilarni juda yaxshi bilaman. Qatarda olti yildan beri ishlayapman. Terma jamoani juda yaxshi tushunaman. Hozir bizda kuchli garmoniya bor. Xesus Kasasga bo'layotgan munosabatga qo'shilmayman. Murabbiy bo'lish oson ish emas. Uni qo'llab-quvvatlayman.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика