Markes Lopes: "Birinchi bo'limda barcha jabhalarda raqibdan ustunroq edik"

Абдулвосит Бектемиров
15 noya 2024, 01:48
JCH-2026 saralashidan o'rin olgan Qatar – O'zbekiston (3:2) bahsidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Markes Lopes qatnashdi va o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik va barcha jabhalarda raqibdan ustunroq edik. Tanaffusdan keyin jamoam o'yinida pasayish kuzatildi. O'zbekiston o'yinni o'z qo'liga oldi.

Qiyin o'yin bo'lgani shubhasiz. O'zbekiston terma jamoasining hujum chizig'i kuchli ekanligini bilardim. Raqibimiz o'yin davomida taktik uslubini o'zgartirgani ham bizga qiyinchilik tug'dirdi. So'nggi soniyalarda g'alaba golini kirita oldik. Futbolchilarimning butun o'yin davomida ko'rsatgan kuchli matonati va namoyon etgan xarakteri uchun juda minnatdorman.

Abdul Karim Hassan va Ismoil Maxmudlar jarohat va texnik muammolar tufayli bugungi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi", - dedi Bartolome Markes.


O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif