Qatar. SHoahmedov Xavi o'ynayotgan jamoaga gol urdi, "Al Sayliya"da durang
07 apr 2017 10:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/248155_original.jpg)
![](/upload/storage/248155_220.jpg)
Qatar. SHoahmedov Xavi o'ynayotgan jamoaga gol urdi, "Al Sayliya"da durang
Qatar Yulduzlar ligasining 25-turida "Al Sayliya" safarda "Al Sadd" bilan durang o'ynadi.
Mehmonlar safida hamyurtlarimiz Sanjar SHoahmedov va Temurxo'ja Abduxoliqov asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Bahsning 15-daqiqasida mezbonlar vakili, jahon futboli yulduzi Xavi gol urib hisobni ochdi. Keyingi daqiqadayoq Sanjar SHoahmedov hisobni tenglashtirib qo'ydi. Bahs 2:2 hisobida yakunlandi.
Abduxoliqov uchrashuvda to'liq o'ynagan bo'lsa, Sanjar 83-daqiqada almashtirildi.
"Al Sayliya" 28 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda.
Qatar Yulduzlar ligasi. Musobaqa jadvali
"Al Sadd" - "Al Sayliya" 2:2
Gollar: Xavi 15, Bunedja 83 penalti - SANJAR SHOAHMEDOV 16, Lazar 71
CHetlatish: Xaddaf 81 ("Al Sayliya")
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar