Qatar Garsiya hisoboti haqida: "JCH-2022ni halol qo'lga kiritganimizga hamma ishonch hosil qildi"

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2017, 12:12
Qatarda bo'lib o'tadigan 2022 yilgi jahon chempionati tashkiliy qo'mitasi FIFAning tartib bo'yicha tergov palatasi sobiq rahbari Maykl Garsiyaning hisoboti borasida bayonot berdi.

Oldinroq Fransiya prokuraturasi JCH-2018/2022 mezbon mamlakatlarini tanlash borasida tekshiruv ishlarini boshlagan edi.

"Garsiya hisobotini qo'llab-quvvatlaymiz. Tekshiruv ishlaridagi hamkorligimiz mundialni halol yo'l bilan qo'lga kiritganimizni isbotlaydi. Hamma bunga ishonch hosil qildi.

Saylovda bergan vadalarimizni bajarish uchun ishlashda davom etamiz" - deyiladi bayonotda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com