So’nggi yangiliklar

07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  1 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  20 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  1 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2 00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  4 23:21Февзи Давлетов: "ОКМК билан баҳсда кўп куч ва эмоция йўқотдик, бу ўйинга кучли руҳлана олмадик"  0 22:57Улуғбек Бакаев: "Бундай иссиқ об-ҳавода дуранг биз учун қониқарли бўлди"  3 22:42"Бешиктош" Иммобиле билан шартномани бекор қилди  3 21:58Суперлига. "Қўқон-1912"нинг ғалабасиз серияси давом этади, бу сафар жамоа Жиззахда "Сўғдиёна"га енгилди  9 21:55Суперлига. "Сурхон" - "Бухоро" учрашувида ғолиб аниқланмади  9 21:15Филиппе Коутиньо расман "Васко да Гама" футболчисига айланди  2

Qashqadaryo viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi chempionlari munosib taqdirlanishdi Yangiliklar

Qashqadaryo viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi chempionlari munosib taqdirlanishdi

Teglar :  Bolalar futboli
Xabaringiz bor, joriy yilning 8-13 noyabr kunlari Qarshi shahrida futbol bo'yicha 2002 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida O'zbekiston kubogi bahslari bo'lib o'tgan edi.

Mazkur O'zbekiston kubogida Qashqadaryo viloyati jamoasi (bosh murabbiyi Botir Qodirqulov)  barcha raqiblaridan ustunlikka erishib, g'oliblikni tantana qilishgan edi. Etiborlisi, 2002 yilda tug'ilgan o'smirlar jamoasining asosiy tarkibida to'p surib, kubokni qo'lga kiritishda munosib hissalarini qo'shgan  Asilbek Berdialiev, SHerali Rasulov, SHaxobiddin Samadov hamda Salohiddin Sanaqulovlar Qashqadaryo viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari sanalishadi. 

29 noyabr kuni Qarshi shahridagi 47-umumiy o'rta talim maktabida viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi tashabbusi bilan ushbu to'rt nafar chempion o'quvchilarni taqdirlash marosimi o'tkazildi. Marosimda ishtirok etib, so'z olgan Qashqadaryo viloyat futbol associaciyasi vice-prezidenti Norqul Daminov, “Mashal” futbol kulubining yordamchi murabbiyi Botir Qoraev, futbol akademiyasi direktori Nurali Sultonov, futbol akademiyaning manaviyat-marifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari SHavkat Ro'zievlar kubok sohiblarini qutlab, kelgusida o'zbek futbolida yorqin yulduzlar qatorida bo'lishini, milliy terma jamoamiz safida bo'y ko'rsatishida omadlar tilashdi. O'z navbatida iqtidorli sanalgan yosh chempionlar ham yaratilgan qulay shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda mashg'ulotlarga zo'r berib, orzu-istaklari sari dadil borishiga vadalar berishdi. Tadbir so'nggida g'olib o'quvchilarga viloyat futbol associaciyasi,  futbol akademiyasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan munosib taqdirlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi        

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика