So’nggi yangiliklar

10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  0 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  1 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  12 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  8 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  4 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0

Qarshi hujumdan voz kechmaydigan Ummon Yangiliklar

Qarshi hujumdan voz kechmaydigan Ummon

O'zbekiston terma jamoasi 9 yanvar kuni BAAda o'tayotgan Osiyo Kubogi doirasida Ummonga qarshi o'ynaydi.

SHu munosabat bilan raqibmizning so'nggi 5 oyda o'tkazgan o'rtoqlik uchrashuvlarining bazilarini tahlil qilishga urinib ko'rdim.

Ummon - Ekvador
2018 yil, 16 oktyabr.

Ushbu bahs gollarsiz yakunlandi, ammo Ekvador raqib darvozasini ishg'ol qilish uchun yaxshigina imkoniyatlarga ega bo'ldi. Janubiy amerikaliklar himoyadan uzatiladigan uzun paslar orqali xavfli hujumlar tashkil qilishdi.

Osiyo Kubogidagi ilk raqibimiz 4 kishidan iborat ikki qavatli himoya chizig'ini yaratib, Ekvadorni markazga yaqin hududda kutib olishga harakat qildi. Ummon bunday taktika bilan tezkor qarshi hujumga o'tishi mumkin edi, ammo raqiblar bunday xatoliklarga yo'l qo'ymadi. Ekvadorliklar tezkor futbolchilari orqali qanotdan ham o'ta xavfli vaziyatlar yaratishga muvaffaq bo'ldi, ammo qujumlarni yakunlashda futbolchilarga aniqlik etishmadi.


Ummon - Tojikiston
2018 yil, 13 dekabr.

Ushbu o'yin 2:1 hisobida yakunlandi. Barcha gollar ikkinchi bo'limda urildi. 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Saloh Al Yahyoi ummonliklarning ikkala goliga assistentlik qildi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida qo'shnilarimizning qanot futbolchisi markazda to'pni oldirib qo'ydi (Ummon Ekvadorga qarshi o'yindagi kabi raqibni markazga yaqin hududda kutib oldi). To'p oldinroq men ismini keltirgan Al Yahyoiga tushdi. Ummonliklar ko'pchilik bo'lib tezkor qarshi hujum amalga oshirishdi. 

Yahyoi nozik uzatma orqali jamoadoshini darvozabon bilan birga-bira vaziyatga chiqardi. Muhammad Al Gasani esa imkoniyatdan unumli foydalanib hisobni ochdi. Ikkinchi gol Ummonning tezkor qarshi hujumi orqali sodir bo'ldi. Darvozabon tojikistonliklarning standartdan uzatgan to'pini ilib oldi va tezda o'yinga kiritdi. Ummon terma jamoasi katta kuch bilan qarshi hujumga o'tdi. Yahyoi boshini ko'tarib, to'pni katta tezlikda yugurayotgan Mataz Solihga uzatdi. Solih ham darvozani aniq nishonga oldi. Tojikiston terma jamoasining goli bosh bilan urildi. qanotdan uzatilgan to'pni SHarafjon Solehov darvozaga yo'llab qo'ydi.


Ummon - Avstraliya
2018 yil, 30 dekabr.

Ummon terma jamoasining Osiyo Kubogi oldidan jiddiy raqibga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi. Avstraliya uzun paslar, qanotdan uzatmalar va raqib himoyachilarining xatolari tufayli ko'plab xavfli hujumlarni amalga oshirishdi. "Sokkeruz"  ummonliklar darvozasiga javobsiz 5ta gol urishga erishdi. Bugungi raqibimiz to'p uchun deyarli barcha kurashlarda mag'lub bo'ldi va himoyada betartib o'yin namoyish etdi. Ummon terma jamoasi bosh murabbiyi ushbu uchrashuvdagi mag'lubiyat individual xatolar tufayli sodir bo'lganini malum qildi. To'g'ri, lekin hujumga o'tmaydigan jamoa himoyadan boshqa qaerda xato qilsin?


Ummon terma jamoasining kuchli jihatlari

Ummonliklar himoya markaziga katta etibor berishadi. Ular markaz chizig'ining har ikki qismida vaziyatga qarat pressing uyushtirishadi. Mana shunday pressinglardan birida to'p olib qo'yilsa, Ummon terma jamoasi kamida 4 kishilik tezkor qarshi hujum uyushtiradi.

Ummon safida iqtidorli vinger Saloh Al Yahyoi ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. 20 yoshli yigitning uzatmalari, jamoadoshlarini qulay vaziyatga chiqaryapti. Mendagi malumotlarga ko'ra, ushbu futbolchi terma jamoa safida o'tkazgan 9ta uchrashuvida 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu yosh vinger uchun juda yaxshi natija deyish mumkin.


Ummon terma jamoasining salbiy jihatlari

Bugungi raqibimiz kimga qarshi to'p tepishidan qatiy nazar qarshi hujum taktikasida o'ynaydi. Ularning raqibi o'zidan kuchsiz bo'lsada Ummon o'z uslubiga sodiq qoladi. Bu men uchun salbiy jihat. SHu bilan birga, uzun paslar ummonliklarga yoqmaydi. So'nggi o'yinlarda ular bunday uzatmalarni bartaraf etishda katta qiyinchiliklarga duch kelishdi. Bundan tashqari, Ummon terma jamoasining qanotlari kuchsiz. Ular o'tkazgan so'nggi bir nechta gol qanotlardan bo'lgan uzatmalar tufayli urilgan.

Muallif : Aslanov Jasurbek
Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика