So’nggi yangiliklar

15:26Расман: Ўтган мавсум "Динамо"да ўйнаган Ратиньо "Нефтчи"га ўтди  3 14:38Винисиус шартномани узайтирмаса, "Реал" Витиньяни сотиб олиши мумкин. Бразилиялик футболчи учун 100 млн евро талаб қилинади, пул эса ПСЖ хавбекига сарфланади  0 14:15"Манчестер Юнайтед" 45 ой (!) ўтиб ғалаба қозонди...  1 13:47"Манчестер Юнайтед" А Сериядаги ярим ҳимоячи билан шартнома имзолаши мумкин  1 13:11Левандовски "Барселона" билан шартнома ҳақида: "Ҳали қарор қабул қилиш учун вақтим бор. Қаерда ўйнашни ва қайси йўналишда ҳаракат қилишни билмайман, лекин босим йўқ"  0 12:25"Реал" Зиданни қайтармоқчи  6 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛда "Boxing day" даваом этади ва бошқалар  0 11:41Расман: Фежсал Мулич — “Сўғдиёна” футболчиси  13 11:23"Ливерпуль” собиқ футболчиси "Манчестер Юнайтед"га Стерлингни сотиб олишни таклиф қилди  4 10:53Роберт Левандовски футболдаги сўнгги йилларида нималарга эришишни истаётганини айтди  0 10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  3 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  4 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  6 08:57"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 200 миллион евро тўлашга тайёр  4 08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  8

Qani endi... Yangiliklar

Qani endi...

Teglar :  Qani endiYangi yil
Yana bir necha soatdan keyin yangi, 2016 yil eshigimizni taqillatib kirib keladi.

Bu yil futbolimiz turli tuman voqealarni ko'rdi. Yaxshilik ham bo'ldi, dil xiralik ham. Adolatu, adolatsizliklar. Bo'lar ish bo'ldi, yillar davomida bo'lib kelayotgan bu kabi illatlarni birdaniga yo'qotib bo'lmaydi. Ammo biz, 2016 yilni yangi oq qog'ozdan boshlash imkoniyatiga ega bo'lib turibmiz.

Qani endi... Stadionlarimiz to'lib toshsa. Barcha o'yinlar teng kurashlar ostida, shiddatga boy bo'lsa...

Qani endi...  Yurtimizga sifatli legionerlar kirib kelsa-yu, raqobat oshsa. Futbolchilarimiz o'z ustilarida qo'shimcha ishlasalar...

Qani endi... Barcha o'yinlar “Sport TV”da to'g'ridan – to'g'ri efirga uzatilsa, klublar o'z matbuot xizmatlariga jiddiy etibor qaratishsa...

Qani endi... Kelishilgan o'yinlar bo'lmasa, uchga-uch, totalizator, oldi sotdilar to'xtasa, bir mazza qilsak...

Qani endi... Faqat muammolar haqida emas, to'lqinlanib ajoyib o'tgan tur o'yinlari haqida munozaralar o'tkazsak...

Qani endi... Futbolchilar kamida ikki yillik shartnomaga imzo cheksalar-u, murabbiylar rosmana o'z ustida ishlasalar...

Kani endi... Oliy liga hakamlarining bari Ravshan Ermatovdek bo'lib qolsa...

Qani endi... Saytimizda hamma inoq bo'lsa, bir-biri bilan futbolni deb urishmasa, avvalo oilasi uchun yashasa, yurtimizni ravnaqiga hizmat qilsa...

Qani endi.... DAVOMINI “KOMENTLAR”DA KUTAMIZ....

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика