"Qanday qilib 5 o'yinda 5 gol urgan futbolchini zaxiraga o'tkazish mumkin?" - Ferdinand Sulsherni tanqid qildi
03 okt 2021 13:12
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/661620_original.jpg)
![](/upload/storage/661620_220.jpg)
"Qanday qilib 5 o'yinda 5 gol urgan futbolchini zaxiraga o'tkazish mumkin?" - Ferdinand Sulsherni tanqid qildi
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand "Everton"ga qarshi o'yinda MYU bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning hujumchi Krishtianu Ronalduni zaxirada qoldirish qarorini qoraladi.
"Eng muhimi - 5 o'yinda qatnashgan Ronalduda 5 gol bor. U ajoyib holatda. Boshqa joylarda jamoa to'purarining tarkibdan olib tashlanganini ko'rdingizmi? Xarri Keyn 5 o'yinda 5 gol urdi. Xo'sh, u zaxirada qoldirildimi? "Manchester Siti"da o'ynab yurgan paytlaridagi Aguerochi?
Endi Ronaldu Qatar va Lyuksemburgga qarshi o'yinlar uchun termaga yo'l oladi. Aslida bunday o'yinlarni o'tkazib yuborish hech ham zarar qilmasdi. Ammo u o'ynashni istaydi. Ronaldu - odam emas", - dedi Ferdinand.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar