So’nggi yangiliklar

22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  2 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  681 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  6 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2

Qahramondan sotqinga aylangan futbolchilar tarixi Yangiliklar

Qahramondan sotqinga aylangan futbolchilar tarixi

Kechagina muxlislar yoqimtoyi bo'lgan, sharafiga sektor to'la muxlislar qo'shiq kuylagan futbolchilar, bugun ularning ashaddiy dushmani, eng yomon ko'rgan sportchisiga aylanganini, ularning ismi tushirilgan futbolkalar esa o'tda yonganini futbol tarixi ko'p bor ko'rgan.

Bugun siz bilan shu kabi janjallarga va ko'plab muxlislar asabiylashishiga sabab bo'lgan transferlar haqida gaplashamiz.

Kim: Manuel Noyer
Qaerdan: “SHalke”
Qaerga: “Bavariya”
Sabab: kuchliroq klubga o'tish istagi
Qachon: 2011 yil

Manuel Noyer “Bavariya”ga o'tib ketishi Bundesliga tarixidagi eng katta xiyonat bo'lgan. SHu qadarki, Mario Getce va Robert Levandovski Germaniya terma jamoasi darvozabonining transferini bir chekkada turib, jimgina muhokama qilishgandi. Xo'sh, shuncha nafratning sababi nimada?

“Bavariya” va “SHalke”ning bir-biriga hech qanday shaxsiy adovati yo'q edi. Ular bir shaharning ikki klubi emas, lekin qolganlar Myunxen klubini Bundesligada tarixidagi eng xudbin jamoa deb hisoblaydilar. Etmaganiga, Myunxenliklar “SHalke”ning eng iqtidorli tarbiyalanuvchisiga “ko'z olaytirdi”. Internetda 90-yillarda 4 yoshli Manuel Noyer “SHalke” shanini himoya qilib, maydonda yugurib yurganini ko'rishingiz mumkin. 25 yoshida esa Noyer “SHalke”dan ketishi haqida intervyu berdi va gelzenkirxenliklar qahramoni bir zumda ona shahrining asosiy dushmaniga aylanib qoldi.  

2011 yil bahorda Myunxenga kelishidan avval, Noyer bir muxlisdan tarsaki egandi. “Bavariya”dagi vaziyat undan yaxshiroq emasdi: Myunxen muxlislari Manuelni “sovuq” qarshi olishgandi. CHunki ular Tomas Kraftning o'rnini “SHalke”ning futbolchisi egallashini qabul qila olmagandilar.      

Endi esa “Bavariya”ni Noyerning ishonchli o'yinisiz tasavvur qilish qiyin. Ammo o'yinchini hozir ham “Feltins-Arena”da hushtakbozlik bilan kutib olishadi. “To'p menda bo'lganida, muxlislar hushtak chalishgan paytlar ham bo'ladi. Biroq, “Bavariya”dagi faoliyatimga nazar tashlasangiz, to'g'ri qaror qabul qilganimga o'zingiz ham ishonch hosil qilasiz”, — deydi Manu.


Kim: Fernando Torres
Qaerdan: “Liverpul”
Qaerga: “CHelsi”
Sabab: kuchliroq klubga o'tish istagi
Qachon: 2011 yil

Fernando o'smir paytidayoq o'zini tanita olgandi. U 19 yoshidayoq “Atletiko” tarixidagi eng yosh sardor bo'lgan. Madrid klubi safidagi 12 yildan so'ng El Nino, o'z oldiga jiddiyroq vazifalar qo'yadigan klubga o'tish haqida o'ylab qolgan va bir nechta takliflar orasidan “Liverpul”ni tanlagan. Fernandoning eng yorqin xotiralari hamon “qizillar” tarkibidagi o'yinlari bilan bog'liq desak adashmaymiz.

Lekin 3,5 yil davomida Torres “qizillar” bilan hech qanday mukofot yuta olgani yo'q. Fernando CHempionlar Ligasida g'alaba qozonishni orzu qilgan va tarkibni kuchaytirishlarini so'ragan. JCH-2010dan so'ng, “qizillar” ikki etakchisi Alonso va Maskeranoni sotib yubordi. Torres esa jamoa kelganidan beri ilk bor boshqa klubga o'tishi haqida shama qila boshladi. Jarohatlar va tinimsiz injiqliklar 2011 yil yanvar oyida “Liverpul”ning amerikalik rahbarlari taslim bo'lishiga sabab bo'ldi. U rekord summa -  53 million funt evaziga “CHelsi”ga o'tdi. Ketar chog'i, Torres oqibatini o'ylamay bir gap aytib yuboradi: “Men kuchliroq, kattaroq klubga o'tdim”. Uning bu so'zlari uchun “qizillar”ning millionlab muxlislari undan nafratlana boshladi. Ehtimol, shuning uchun ham uning “CHelsi”da omadi kelmagandir. To'g'ri, u CHL va Evropa Ligasida g'alaba qozondi, lekin baribir o'zini to'liq namoyon eta olmadi. Qadrdon “Atletiko”ga qaytgan bo'lsada, Torres “Liverpul”ga bo'lgan “simpatiyasini” yashirmadi va jamoa ishtirokini muntazam kuzatib borishini aytib o'tdi. 2015 fil Stiven Jerrardning xayrlashuv o'yinida esa muxlislar yana uning ismini aytib qo'shiq kuylashdi. Xo'sh, “Liverpul”ni tark etib, xato qilmadingmi bolakay?


Kim: Zlatan Ibragimovich
Qaerdan: “Barselona”
Qaerga: “Milan”
Sabab: murabbiy bilan kelishmovchilik
Qachon: 2010 yil

Zlatan Ibragimovich hech qachon o'z erkinligini talab qilishdan uyalmagan. Uning “Barselona” tarkibidagi ishtiroki bolalikdagi orzuning ushalayotganidan darak berardi. Biroq hammasi u xohlagandek bo'lmadi va bugun Ibra u davrni faoliyatining nursiz bir sahifasidek yodga oladi.

Ibragimovich Pep Gvardiola bilan til topisha olmadi. U asosiy hujumchi sifatida maydonga tushadi. Lekin vaqt o'tib, ispaniyalik murabbiy uning poziciyasini o'zgartirishga urindi, bazi o'yinlarda esa butkul zahirada qoldira boshladi. Gvardiola jamoasidagi barcha narsani  to'liq nazorat qilishni istagan, lekin Zlatan o'zi xohlamagan ishini qilishga o'rganmagan va uni bunga majburlab ham bo'lmaydi. Natijada kiyinish xonasida janjal kelib chiqqan va Zlatan murabbiyni forvardning imkoniyatlaridan to'g'ri foydalana olmayotganlikda ayblagan. “Tasavvur qiling, siz “Ferrari” sotib oldingizda, ammo unda “Fiat”da harakatlanayotgandek haydayapsiz”, — Ibra murabbiyning ishini ana shu so'zlar bilan ifodalab bergan. U Pepni qo'rqoq va o'zi ishlagan eng yomon murabbiy deb atagan. Ibragimovich “Barselona”da bor yo'g'i bir yil o'ynagan va “Milan”ga ijaraga yo'l olgan. “Rossonerlar” shvedni bir mavsumdan so'ng, atigi 24 million evro evaziga sotib olgan.      

Zlatan Italiyada o'zini etakchi sifatida his qila boshladi. U har o'yinda o'rtacha hisobda 1,5ta gol urgan va “Milan” klubi bilan jamoa uchun hozircha so'nggi bor “Skudetto”da zafar quchdi. Ibra PSJga ketdi va biz o'rganganimiz kuchli “Milan” ham qaergadir g'oyib bo'ldi.    


Kim: Vilyam Gallas
Qaerdan: “CHelsi”
Qaerga: “Arsenal”
Sabab: “o'ziga xos” xarakter
Qachon: 2006 yil

Vilyam Gallas “CHelsi”da 2000 yillar boshida paydo bo'ladi va o'rtamiyona klubdan, mamlakat etakchilaridan biri “tug'ilishi”da bevosita ishtirok etadi. Francuz himoyachisi Raneri davrida orqa chiziqning chinakam etakchisi bo'lgan, Mourinyu esa Vilyamdan joker sifatida foydalangan va muammoli nuqtaga qo'rqmay qo'yavergan.

“CHelsi”ga quvonch ham, mag'lubiyatlar ham bir paytda keldi. Gallas unga bo'lgan muomaladan qoniqmay janjal ko'tardi va klub bilan shartnoma muddatini uzaytirishni xohlamadi. Etmaganiga, u “CHelsi”ning muhim o'yinlarida ishtirok etishdan bosh tortdi, terma jamoa o'yinlaridan keyin belgilangan vaqtdan ancha o'tib klubga qaytdi va shartnoma tuzish haqidagi taklifni rahbarlar yuzi tomonga otib yubordi. Agar uni yana “CHelsi”da o'ynayga majbar qilishsa, o'z darvozasiga gol urishini yoki indamay maydondan chiqib ketishini aytgan.

O'zining “ko'klar” safidagi oxirgi mavsumida yil ramziy termasiga kiritildi. Keyin esa azaliy raqib “Arsenal” safiga o'tib ketdi. Buning uchun jamoadoshlarining nafratiga duchor bo'ldi. Qiziq jihati shuki, Gallas “kanonirlar”dan so'ng, Londonning boshqa bir klubi “Tottenxem”ga ko'chib o'tadi, keyinroq esa avstraliyaning “Pert Glori” uni o'z safiga chorlaydi va aynan o'sha erda Vilyam faoliyatini yakunlaydi.


Kim: Mikael Laudrup
Qaerdan: «Barselona»
Qaerga: «Real»
Sabab: murabbiy bilan kelishmovchilik
Qachon: 1994 yil

1989 yil “Barselona” 5 mavsumdan buyon La Ligada g'olib bo'la olmayotgandi. Jamoaning o'sha paytdagi bosh murabbiyi Yoxan Kroyf daniyalik yarim himoyachi Mikael Laudrupga qiziqa boshladi. Aynan Kroyf talabiga ko'ra, jamoa Mikaelni sotib oladi va murabbiy adashmaganiga amin bo'ladi. Futbolchi keliboq “ko'k-anorranglilar” o'yinidagi eng muhim figuralardan biriga aylanadi. Ayniqsa u yaxshi o'yin ko'rsatgani uchun ham, jamoa chempionlik sovriniga ega chiqadi. Daniyalik futbolchi kataloniyaliklar bilan undan keyin yana 4 marotaba La Ligada g'alaba qozonadi.        

1994 yilgi CHempionlar Ligasi finali katta janjalga sabab bo'lgandi. Yoxan Kroyf negadir “Milan” bilan bo'lgan bahs qaydnomasiga Laudrupni kiritmaydi. “Barselona” 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchragandi. Jahli chiqqan  Mikael esa klubdan ketishini malum qilgan.

“Barselona” muxlislari u jamoada qolishini iltimos qilib, futbolchiga xat yozishadi. O'shanda xatga 30 mingta muxlis qo'l qo'yadi. Ammo bu ham Laudrup qarorini o'zgartirolmaydi. Ertalab kataloniyalik muxlislar yoqimtoyi bo'lgan Laudrup “Real” bilan shartnoma imzolagan va ashaddiy dushmanga aylangan.          

“Qirollik klubi” safida “Kamp Nou”ga birinchi safarida futbolchini chidab bo'lmas, xushtakbozliklar ostida qarshi olishadi. Maydonga tushib kelar ekan Laudrup ko'plab bannerlarni ko'radi va tanaffusda o'zini almashtirishlarini so'raydi.

Mikael “Real”da chempion bo'ldi va Ispaniya chempionatining chorak asrdagi eng yaxshi legioneri bo'ldi.

Ammo uni ko'klarga ko'targan “Barselona” muxlislari uchun u shunchaki sotqin bo'lib qolaverdi.



Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика