So’nggi yangiliklar

02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  0 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  1 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  1 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  4 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  22

Qachon transfer ko'ramiz? Yangiliklar

Qachon transfer ko'ramiz?

Qish kelib futbolchilarning u klubdan bunisiga ko'chib o'tishi boshlanadi.

SHartnomasi bor va yaxshi imkoniyatga ega futbolchilar hozircha o'z klublarida qolishni maqul deb bilmoqda. Superliga klublari o'z safini bir nechta futbolchilar bilan to'ldirib olgan bo'lsa-da, biz hali transfer ko'rmadik. Negaki barcha futbolchilar erkin agent maqomida u klubdan bunisiga ko'chib o'tyapti. 

Transfer esa amaldagi shartnomasi bor futbolchini malum bir mablag' evaziga xarid qilish degani. Futbolda erkin agentni qo'shib olishdan oson bo'lmasa kerak. Siz futbolchi bilan kelishasiz, u kelib shartnomaga qo'l qo'yadi, tamom-vassalom. 

Lekin haqiqiy transfer shartnomasi bor zo'r futbolchini qo'lga kiritish bo'ladi. Birinchidan, klub taklif bilan chiqadi, ikkinchidan futbolchini sotmoqchi bo'lgan klub yaxshi narx qo'yadi. Ham klubga pul to'lashi kerak, ham futbolchining o'ziga. Aytaylik, O'zbekiston sharoitida 50 ming dollardan boshlab, 500 ming dollargacha. 

Lekin tavakkalga ne hojat. Undan ko'ra, erkin agentlarni qidiramiz. CHunki ko'pchilikda shartnoma bir yillik. Aslida transfer siyosati xususiylik sari qadam tashlaydigan klublar uchun o'ta muhim jarayon bo'lishi kerak. CHunki klub faqat xarajat qilavermaydi-ku. Pul ham topishi kerak. 

Lekin siz falon futbolchiga 500 ming dollar narx belgilasangiz, xaridor chiqadimi? Hamma gap shunda. Mayli, katta pul sarflab sotib oldi deylik. Lekin futbolchi o'ynab keta olmasa-chi degan hadik paydo bo'ladi. 

Hadik bor joyda biznes bo'lmaydi. SHuning uchun ham o'zbek futboli biznes emas.




Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика