Pyuel: "Ular - piranyalar"
08 may 2018 20:15
Yangiliklar
Pyuel: "Ular - piranyalar"
"Lester" bosh murabbiyi Klod Pyuel APL jamoalarini piranyaga solishtirdi.
"APL jamoalari o'zini piranya kabi tutmoqda. Men uchun eng asosiysi - kelajakka ustun qo'yish. 6 oyda katta yutuqqa erishish juda qiyin.
O'tgan mavsum men "Sautgepmton" bilan birgalikda 8-o'rinda yakunlagandim. Qarang, ular ayni damda qaysi pog'onada? Keyinchalik "Lester"ni qabul qilib oldim va jadvalning yuqori qismiga ko'tarilib oldik.
Bosimdan chiqib ketishga urinyapman. Yoshlarga tajriba berish va yorqin kelajak uchun harakat qilishda davom etaman", - dedi murabbiy.
Fikrlar