Puyol: "Messi yoki Ronaldu? Messi futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi"
09 noy 2017 11:48
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/287767_original.jpg)
![](/upload/storage/287767_220.jpg)
Puyol: "Messi yoki Ronaldu? Messi futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi"
"Barselona" sobiq himoyachisi Karles Puyol Toshkentdagi "Hyatt Regency" mehmonxonasida o'tkazilgan matbuot-anjumanida dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim ekanligini aytdi.
"Messi yoki Ronaldu? Jahon tarixidagi eng kuchli ikki futbolchi haqida gap ketmoqda. Messini har kuni mashg'ulotlarda ko'rardim. Uni futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblayman. Ronaldu ham kuchli, yildan yilga u kuchayib bormoqda. Yaqin kelajakda kim ularning o'rnini bosishi mumkin desangiz Neymar deb javob beraman. Ammo menimcha yaqin 7-10 yilda Messi va Ronaldu boshqalarga yutqazishmaydi" - deydi Puyol.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar