Putin Qatarga Jahon chempionatini muvaffaqiyatli o'tkazishni tiladi
04 iyu 2021 19:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/640704_original.jpg)
![](/upload/storage/640704_220.jpg)
Putin Qatarga Jahon chempionatini muvaffaqiyatli o'tkazishni tiladi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida so'zga chiqdi. O'z nutqi davomida Qatarga kelasi yil futbol bo'yicha jahon chempionatini muvaffaqiyatli o'tkazishni tiladi.
"Qatar futbol bo'yicha jahon chempionatini muvaffaqiyatli o'tkazishiga ishonaman", dedi Putin.
O'z navbatida Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad al Tani Rossiya 2018 yil jahon chempionatiga mezbonlik qilganida turnir saviyasini yuqori pog'onaga ko'targanini takidladi.
Aytish joizki, 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionati yozda emas, balki noyabr-dekabr oylarida bo'lib o'tadi. Bunga sabab, odatda, katta turnirlar o'tkaziladigan iyun va iyul oylarida Qatarda harorat nihoyatda issiq bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar