Putin JCH-2018 obektlarini vertolyot bortidan turib ko'zdan kechirdi
02 fev 2018 01:56
Yangiliklar
Putin JCH-2018 obektlarini vertolyot bortidan turib ko'zdan kechirdi
“Platov” aeroportidan “Rostselmash” jamiyati tomon yo'l olgan Rossiya Federaciyasi prezidenti Vladimir Putin 2018 yilga jahon chempionati o'tkaziladigan ayrim obektlarni ko'zdan kechirdi.
Rossiya rahbari vertolyotdan turib “Rostov Arena” va boshqa obektlarni kuzatdi, deya xabar bermoqda RF prezidenti rasmiy sayti.
SHuningdek, putin Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubevning JCH tayyorgarlik jarayoni va ushbu viloyatdagi sport infrastrukturasini rivojlantirish yuzasidan hisobotini tingladi.
Malum bo'lishicha, ushbu regionda JCHga tayyorgarlik ishlari amalda to'liq tugallangan. 45 ming tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan "Rostov-Arena"ning qurilishi o'tgan yilning 17 dekabrida nihoyasiga etkazilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar