Pulka. Farg'ona. Guruh bahslari yakuniga etdi
04 dek 2015 08:36
Yangiliklar


Pulka. Farg'ona. Guruh bahslari yakuniga etdi
“A” guruhida birinchi o'rin uchun kurashgan “Buxoro-2” va “FarDU-Futbol info” o'rtasida kechgan uchrashuvda mehmonlar yirik hisobda g'alaba qozondi. Etiborlisi bungacha har ikki jamoada ham bir hil – 3 ochkodan mavjud edi. Yakunda guruhda birinchi o'rin “FarDU”ga nasib etdi.
“A” guruhi
“Buxoro-2” – “FarDU-Futbol info” 0:3
Farg'ona. “Spartak” stadioni.
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Timur Gaynulin, Eldor Tursunov, Olim To'ychiboev.
Nazoratchi: Sulton Zaylobidinov.
“Buxoro-2”: 1.SHahzod SHamsiddinov, 3.To'lqin Umarov (S), 4.Mirjamol Jumaev, 5.Saiddoston Botirov, 7.Sardor Sulaymonov, 8.To'ymurod Ortiqov, 10.Jonibek Tojiboev, 11.Mels Saidov, 14.Jahongir Xayriev, 19.Elshod Dilmurodov, 22.Nodir Jo'raev.
Zaxira:12.Amirshox SHavkatov, 9.Mirzobek Karimov, 16.Islom Amonov, 17.Doston SHabanov, 21.Abbos Xojamov, 77.Solibek Qo'chimov, 89.SHoxruz Hamidov.
“FarDU-Futbol info”: 71.Fahriddin Mirzaqosimov, 3.Mamur Qosimov, 4.Zuhriddin Rahmatov, 5.Rustam Abduhamitov, 6.SHodiyor Xojimatov, 8.Dilmurod SHamatov, 10.Xayrullo Madaminov (S), 11.Abror Hamidxo'jaev, 12.Ulug'bek Abduqodirov, 15.Alisher Nuraliev, 21.SHerdor Turonov.
Zaxira: 16.Islom Saydullaev, 7.Usmon Soibov, 10.Qahramon Mamadaliev, 13.Ahror Abdullaev, 14.Ro'zimuhammad Usmonov, 17.Mirzohid Egamberdiev, 77.Xojimurod Nasriddinov.
Qirguli mavzesidagi “Neftchi SK” stadionida kechgan “V” guruhi o'yinlari ham keskin va murosasiz ruh ostida o'tdi deyish mumkin. SHaxsan ushbu kungi o'yinlarni bevosita stadionda kuzatib borganimiz uchun o'yinlarga biroz chuqurroq yondoshsak.
Guruhdan chiqishi deyarli aniq bo'lgan Xaqlabodning “Norin” jamoasi shu kuni “G'allakor-Barsa”ga qarshi asosan ikkinchi tarkibni tushirishga qaror qildi. Bu esa Furqat O'rolov boshqaruvidagi g'allaorolliklarga biroz qo'l kelib, uchrashuvda ilk bior hisobni aynan ular ochdi. “Norin” futbolchilari esa bunga o'yin oxirlarida javob qaytardi. Garchi uchrashuv 1:1 hisobida yakun topgan bo'lsada, xaqqulobodliklar o'z guruhida 1-o'rinni qo'lga kiritdi va endilikda ular birinchi liga yo'llanmasining hal qiluvchi so'nggi bahsida “FarDUg'futbol info” bilan o'ynaydigan bo'ldi.
“V” guruhidagi ikkinchi o'yin ham shiddat va keskinlik borasida birinchisidan o'tsa-o'tdki aslo qolishmadi. 2-o'rin uchun andijonliklar bor kuchini berib o'ynagan bo'lsa, ularga nisbatan biroz tajribaliroq bo'lgan “Lokomotiv-BFK”ni shu kuni durang natija ham qoniqtirardi. SHu bois bo'lsa kerak “temiryo'lchilar” asosiy etiborni imkon qadar mag'ulb bo'lmaslikka qaratdi. Qisqacha aytganda natija uchun kurash kechdi. Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Ikkinchi taymda esa dastlab toshkentliklar gol urdi. Aniqrog'i “Lokomotiv-BFK”ning o'ng qanotdagi tezkor futbolchilaridan biri bo'lgan Nikita Efremenko o'z qanotidan reyd uyushtirgan xolda, raqib darvozasiga kuchli va aniq zarba yo'llab jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. O'yin yakunlanib borayotganida esa “AOZSK” futbolchilarida jarima to'pi tepish imkon paydo bo'ldi. Bundan tajribali Islom Ahmedov ustalik bilan foydalanib, hisobni tenglashtirishga erishdi. SHundan so'ng andijonliklar asosiy etiborini yana gol urishga qaratgan bo'lsada, ammo uchrashuvda boshqa to'p kiritilmadi. SHu tariqa Sunnatillo Abdurasulov boshchiligidagi “Lokomotiv-BFK” 2-o'rinni egallab, shanba kuni “FarDU-Futbol info”ga qarshi o'ynaydigan bo'ldi.
“V” guruhi
“G'allakor-Barsa” – “Norin” 1:1
Farg'ona. “Neftchi SK” stadioni.
Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Igor Gormashov.
Nazoratchi: Andrey Tambovcev.
Gol: Aziz Malikov – Husan Jumanazarov.
“G'allakor-Barsa”: 45.Qobil Norqo'ziev, 2.Alyorbek Aliev, 4.Muslimbek Abdullaev, 5.Doston G'afforov, 8.Bahriddin Rahmonqulov (S), 9.SHarof Aytboev, 10.Elbek Imomnazarov, 12.Umid Xudoyberdiev, 17.Sardor Axatov, 20.Marat Hoshimov, 23.Azizbek Malikov.
Zaxira: 95.Otabek Yo'ldoshaliev, 3.Bekzod Tursunov, 6.Mansur Bo'taev, 7.Bekzod Boqijonov, 11.Otamurod Jumanov, 13.Jasur Abdug'aniev, 19.Ismoilxon Vaqqosxonov.
“Norin”: 28.Muhammadali Ibrohimov, 16.Jamol Sirojiddinov, 14.Muhammad Nuriddinov, 12.Fayzi Rahmatullaev, 3.Fazliddin Haydarov, 7.Bahodir Valiev (S), 8.Jahongir Yuldashev, 17.Dilmurod Malikov, 11.Abdulaziz Yusupov, 15.Husan Jumanazarov, 13.Sadriddin Rahimov.
Zaxira: 1.Aziz Abubakirov, 2.Azizullo Mahmudov, 5.SHoirbek Ro'ziev, 10.Akmal Yuldashev, 6.Damir Jamoliddinov.
“AOZSK” – “Lokomotiv-BFK” 1:1
Farg'ona. “Neftchi SK” stadioni.
Hakamlar: Igor Xudoydotov, Rasul Fozilov, Mo'min Majidov, Akmal Rahimov.
Nazoratchi: Andrey Tambovcev.
Gol: Islom Ahmedov – Nikita Efremenko.
“AOZSK”: 16.Muhammadali Ashurov, 2.Islomjon Ahmedov, 4.Farhod G'ofurov (S), 5.Abdurahmon Komilov, 6.Umidbek Abdumalikov, 8.Bunyod Turg'unov, 10.Xojiakbar Bo'ronov, 11.Samarbek Ikromov, 12.Javohir Isomutdinov, 15.Habibullo Qobilov, 17.Boburbek Abdulhaev.
Zaxira: 1.Rahmonjon Tilavoldiev, 7.Jasur Jaliboev, 9.Mirkomil Qosimov, 14.Xushnud Suyunboev, 18.Xojimurod Farmonov, 19.Boburmirzo Omonullaev, 3.Ahrorbek Iminov.
“Lokomotiv-BFK”: 1.Ravshanbek Yagudin, 5.Dilmurod Meliqo'ziev, 6.Abdulaziz Abduhamitov, 8.Nikita Efremenko, 10.Fotix Vosikov, 11.Rustam Yaraliev, 17.Hayot Sotvoldiev, 21.Humoyun Sultonov, 22.Afrosiyob Isoqov, 24.Vohid Xolboev (S), 26.Abbos Saikarimov.
Zaxira: 2.Botir Xolliev, 7.Sunnatillo Saidov, 14.Vladimir Vasilev, 19.SHoxruh Rajabov, 20.SHoxruh Murotov, 23.SHoxruh Razzoqov, 27.Yahyo Ro'ziev.
Yarim final juftliklari:
"Norin" - "Buxoro-2"
"Lokomotiv BFK" - "FarDU-Futbol info"
O’xshash yangiliklar

Fikrlar