PSV Lyuk de Yong bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
20 may 2022, 18:47
"Barselona" hujumchisi Lyuk de Yong faoliyatini Niderlandiyada davom ettirishi mumkin.

De Yong ayni damda "Sevilya"dan "Barselona"da ijara asosida o'ynamoqda. Xavi Kataloniya klubi bosh murabbiyiga aylanganidan so'ng de Yong doim ham asosiy tarkibda maydonga tushmayapti.

Hujumchining "Sevilya" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan va yozgi transfer oynasi klub uchun forvardni sotishning so'nggi imkoniyati bo'lishi mumkin. O'yinchiga PSV qiziqmoqda.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo