PSJ Soboslai uchun kurashga qo'shildi

Alisher
14 iyul 2020, 14:20
"Zalcburg" yarim himoyachisi Dominik Soboslai PSJ qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Parijliklar yozgi transferlar oynasida jamoaning o'rta chizig'ini kuchaytirmoqchi va vengriyalik xavbekni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Parijliklar 19 yoshli o'yinchini "Roma" o'yinchisi Lorenco Pellegrinining o'rniga olib kelishi mumkin.

Oldinroq, Soboslai "Milan"ga o'tishga yaqinligi haqida xabarlar yangragan edi. Futbolchining "Zalcburg" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

Soboslai joriy mavsum "buqalar" safida 40ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 18ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport