PSJ qishda "Liverpul" futbolchisini qo'lga kiritmoqchi
27 noy 2018 12:38
Yangiliklar
PSJ qishda "Liverpul" futbolchisini qo'lga kiritmoqchi
PSJ tayanch hududini kuchaytira oladigan futbolchilarni izlashda davom etmoqda.
Malumotlarga ko'ra, Parij klubining transfer ro'yxatiga "Liverpul" yarim himoyachisi Fabino tushib qoldi. Xavbek shu yilning yozida 45 mln evro evaziga "Monako"dan "qizillar" safiga o'tgan edi, ammo uzoq vaqtdan beri jamoaga ko'nika olmayapti va juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'lyapti.
"Liverpul" Fabinoni sotish sharti bilan uni ijaraga berishi mumkin. PSJ bunday shartlarga tayyor, biroq futbolchi uchun "qizillar" sarflagan mablag'dan ko'proq to'lamoqchi emas.
Joriy mavsum Fabino APLning 5ta uchrashuvida maydonga tushdi.
Fikrlar