PSJ prezidenti odam o'g'irlashda aloqadorlikda gumon qilinmoqda
01 mar 2023 19:57
Yangiliklar
PSJ prezidenti odam o'g'irlashda aloqadorlikda gumon qilinmoqda
Gap 2020 yilning yanvar oyida Qatarda o'g'irlab ketilganini davo qilgan 42 yoshli vositachi Toyib bin Abderrahmonning o'g'irlanishi va qiynoqlarga solingani haqida ketmoqda. Hibsga olinganidan keyin bin Abderrahmon olti oy davomida qiynoqqa solingan, shundan so'ng u uy qamog'iga olingan. Ben Abderrahmon Qatarni faqat 2020 yilning noyabr oyida tark etishga muvaffaq bo'ldi, u Nosir Al Xelayfiy haqida oshkor etilmagan hujjatni imzolashga majbur bo'lgan.
Bin Abderrahmonga tegishli malumotlar 2022 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati mezbonligini Qatarga berilgani haqida bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, 2026 va 2030 yillardagi futbol bo'yicha jahon chempionatlari uchun televidenie huquqlari Al Xelayfiy raislik qiladigan BeIN Media kompaniyasiga o'tkazilgani to'g'risidagi malumotlar mavjudligi aytilmoqda.
Fikrlar