PSJ portugaliyalik futbolchicini o'zida saqlab qolmoqchi

Sherzod Nurmatov
25 noya 2024, 14:55
Insayder Fabricio Romanoning ma'lumot berishicha, PSJ Mendesh bilan yangi shartnoma tuzishga yaqin turibdi.

Yakuniy detallar kelishilmoqda, yangi bitim 2029 yilning iyunigacha amal qiladi.

Eslatib o'tamiz, Mendesh ikki yil avval 38 mln evro evaziga "Sporting"dan Fransiya klubiga o'tgan va 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladigan shartnomaga imzo chekkan. Bungacha u parijliklar safida bir yil ijarada to'p tepgandi. 

U 2021 yildan Portugaliya terma jamoasiga jalb etila boshlagan. Mendesh Liga 1 ushbu mavsumida 6 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano