PSJ Portugaliya terma jamoasi xavbekini o'z safiga qo'shib oldi
05 okt 2020 15:30
Yangiliklar


PSJ Portugaliya terma jamoasi xavbekini o'z safiga qo'shib oldi
"Portu" yarim himoyachisi Danilu Pereyra faoliyatini ijara asosida PSJda davom ettiradi.
O'yinchi keyinchalik xarid qilish huquqi bilan francuz klubida 2020/21 yilgi mavsumni o'tkazadi.
29 yoshli tayanch yarim himoyachisi "Eshtoril" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'yinchi 2015 yilda "Portu"ga "Maritimu"dan 4,5 million evro evaziga o'tgandi.
Pereyra "ajdarlar" safida 202ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 8ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar