PSJ Pogba bilan bog'landi
05 iyu 2021 13:37
Yangiliklar
PSJ Pogba bilan bog'landi
Franciyalik xavbek Pol Pogba "Manchester Yunayted"dan ketishi va Franciya chempionatiga yo'l olishi mumkin.
Yarim himoyachining transferiga PSJ qiziqish bildirmoqda. Parij klubi sport direktori Leonardo o'yinchi bilan shaxsan aloqaga chiqdi. Tomonlar ehtimoliy hamkorlik borasida suhbatlashishdi.
Pogbaga kelsak, o'yinchi vataniga qaytishga tayyor. Uning manchesterliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Pol o'tgan mavsum APL doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar