PSJ “Nim”ga qarshi o'yinda darvozaga zarba berish bo'yicha o'z tarixidagi eng yaxshi ikkinchi ko'rsatkichni qayd etdi
17 okt 2020 09:35
Yangiliklar


PSJ “Nim”ga qarshi o'yinda darvozaga zarba berish bo'yicha o'z tarixidagi eng yaxshi ikkinchi ko'rsatkichni qayd etdi
PSJ Liga 1 7-turi doirasida safarda “Nim”ni 4:0 hisobida taslim qildi.
Parijliklar uchrashuv davomida “Nim” darvozasi tomon 30 ta zarba berdi. SHundan 11 tasi aniq bo'lgan. PSJ tarixida darvoza tomon 30 ta zarba berilishi bu ikkinchi marta ro'y berdi. Klubning mutlaq rekordi esa 2013 yil avgustida “Ayachcho”ga qarshi bahsda qayd etilgan. O'shanda parijliklar raqib darvozasi tomon 35 ta zarba bergandi. Ushbu statistika 2006/07 yilgi mavsumdan beri yuritilib kelinmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar