PSJ muxlislari rahbariyat va bazi yulduz futbolchilardan norozi
04 may 2023 14:23
Yangiliklar
PSJ muxlislari rahbariyat va bazi yulduz futbolchilardan norozi
Muxlislar o'zgarishlarni talab qilishmoqda.
PSJ ishqibozlari klub ofisi yonida norozilik namoyishi o'tkazishdi, deb xabar berdi "RMC Sport".
Muxlislar rahbariyatning istefosini, shuningdek, Lionel Messi, Neymar va Marko Verrattining jamoadan ketishini talab qilishdi.
"Bu kemada kapitan yo'q. Biz amaldagi ishlarga ko'proq etibor qaratadigan, so'raganimizda biz bilan uchrashadigan prezident bo'lishini xohlaymiz. Futbolchilar tufayli biz butun yil uyatli holatda qolyapmiz", – dedi parijliklar muxlislari rahbari Romen Mabil.
Aytishlaricha, PSJ muxlislarning harakatini o'rganmoqda.
Fikrlar