PSJ Mbappe va Kavanining jarohati tufayli "Yuventus" futbolchisini sotib olmoqchi
28 avg 2019 11:31
Yangiliklar


PSJ Mbappe va Kavanining jarohati tufayli "Yuventus" futbolchisini sotib olmoqchi
PSJ faol ravishda "Yuventus" hujumchisi Mario Manjukich bilan muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda.
Parijliklar Edinson Kavani va Kilian Mbappelarning jarohati tufayli Mario Manjukichni tezroq xarid qilishmoqchi. Bu ikki futbolchi 3-4 haftaga safdan chiqqan.
Mario Manjukich "Yuventus"ga 2015 yilda Madridning "Atletiko" klubidan kelib qo'shilgan.
Futbolchi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 7ta assistga erishgan.
Hujumchi o'tgan yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar