PSJ: Mbappe safga qaytayotgan bir paytda Verratti jarohatga yo'liqdi
06 avg 2020 01:45
Yangiliklar
PSJ: Mbappe safga qaytayotgan bir paytda Verratti jarohatga yo'liqdi
"Pari Sen-Jermen" matbuot xizmati jamoaning bir nechta futbolchilarining jismoniy holati haqidagi malumotlarni oshkor qildi.
Marko Verratti mashg'ulotlar jarayonida jarohatga yo'liqib, safdan chiqqan. Aytilishicha, u tez orada tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi va keyingi 72 soat ichida klub italiyalik futbolchinig ahvoli haqida malumot beradi.
Kilian Mbappe tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. U bugun mashg'ulotlarga qaytib, to'psiz shug'ullandi.
"Lion"ga qarshi o'tkazilgan Franciya liga kubogi final uchrashuvida o'ng oyoq mushaklaridan jarohat olgan himoyachi Leyvin Kurzava esa 2 haftadan keyin safga qaytishi kutilmoqda.
Fikrlar