PSJ Mbappe bilan shartnomani bir yil ichida transfer kafolati bilan uzaytirmoqchi. Klub uni tekinga qo'yib yubormoqchi emas
20 okt 2021 20:58
Yangiliklar
PSJ Mbappe bilan shartnomani bir yil ichida transfer kafolati bilan uzaytirmoqchi. Klub uni tekinga qo'yib yubormoqchi emas
PSJ 2022 yilning yozida erkin agentga aylanadigan hujumchi Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma imzolashga umid qilmoqda.
Klub sport direktori Leonardo Kilian atrofidagilar bilan doimiy aloqada. Parijliklar 22 yoshli futbolchini klubda qolishga ko'ndirmoqchi. Unga PSJ tarkibida asosiy tarkibdagi o'rin kafolatlangan.
PSJ Mbappega qisqa muddatli shartnoma taklif qilmoqchi va unga bir yildan so'ng boshqa klubga o'tishni kafolatlamoqchi. Parijliklar Kilianning roziligidan umidvor hisoblanadi, chunki ular uni tekinga qo'yib yuborishni istamaydi.
Eslatib o'tamiz, Mbappega asosiy davogar "Real" klubi hisoblanadi.
Franciyalik futbolchi joriy mavsum Liga 1'da 10 ta o'yinda 5 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar