PSJ Mbappe bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirmoqchi
31 mar 2021 22:51
Yangiliklar
PSJ Mbappe bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirmoqchi
Parijliklar rahbariyati yaqin haftalarda o'z yulduzi bilan kelishishga umid qilmoqda.
PSJ hujumchi Kilian Mbappening shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirish ustida ishlamoqda.
22 yoshli futbol yulduzi bilan yangi shartnoma Parij rahbariyati olidida turgan eng muhim vazifadir. PSJ rahbariyati yaqin orada Mbappe bilan kelishuvga erishishdan umidvor.
Kilianning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan. Oldinroq forvardning o'zi shartnomani uzaytirishdan manfaatdor emasligi haqida xabar berilgandi.
Mbappe ushbu mavsumda barcha musobaqalarda PSJ tarkibida 36 uchrashuvda qatnashib, 30 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar