PSJ mavsumni o'zi uchun rekord foyda bilan yakunlaydi
18 may 2022 08:25
Yangiliklar
PSJ mavsumni o'zi uchun rekord foyda bilan yakunlaydi
PSJ mavsumni o'zi uchun rekord foyda - 700 million evro bilan tugatadi.
Bu orqali 2018/19 yilgi mavsumda qayd etilgan 637,3 million evrolik rekord yangilanadi.
Lionel Messining Parijga ko'chib o'tishi ortidan, klubda yangi 11 ta hamkor paydo bo'ldi. Bu bo'yicha daromad 310 millionni tashkil etadi.
Messining PSJga o'tishi klub liboslari sotuviga ham yaxshi tasir o'tkazgan. Sotilgan futbolkalar soni milliontaga etib bordi, ularning 60 foizi Messi nomi yozilgan liboslardir.
SHuningdek, uch yil ichida GOAT onlayn-sotuv platformasidan 50 million evro, Qatar Airways bilan hamkorlik yiliga 60-70 million evro daromad olib keladi.
O'yinlar o'tkazishdan keladigan daromad ham 132 millionga chiqqan.
Fikrlar