PSJ “Manchester Yunayted” etakchisi uchun 80 million funt to'lashga tayyor
14 mar 10:15
Yangiliklar
PSJ “Manchester Yunayted” etakchisi uchun 80 million funt to'lashga tayyor
PSJ “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford bilan shartnoma tuzmoqchi.
Parij jamoasi futbolchi uchun 80 million funt to'lashga tayyor ekanligini malum qildi. SHuningdek, PSJ Reshfordning o'ziga haftasida 500 ming funtlik shartnoma taklif qilishni reja qilgan. Biroq “qizil iblislar” o'z tarbiyalanuvchisi 100 million funt atrofida sotishni reja qilmoqda.
Malumot uchun, Reshfordning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallagan. Uning haftalik oyligi 300 ming funtni tashkil qiladi.
26 yoshli futbolchi joriy mavsum APLda 7 ta gol urdi va atigi 2 ta golga assist qildi.
Fikrlar