PSJ Leonardoni ikki sabab tufayli ishdan bo'shatmoqchi
12 mar 2022 20:10
Yangiliklar
PSJ Leonardoni ikki sabab tufayli ishdan bo'shatmoqchi
"Pari Sen-Jermen" rahbariyati nima uchun klub sport direktori Leonardoni istefoga chiqarishga qaror qilgani malum bo'ldi.
AS nashrining xabariga ko'ra, braziliyalik funkcioner katta ehtimol bilan mavsum yakunida jamoani tark etadi.
Parijliklar xo'jayinlari ikki sabab — yozgi transfer kampaniyasidan qoniqish hosil qilmaslik va Kilian Mbappe bilan bog'liq vaziyat tufayli menejer bilan xayrlashishadi.
Qayd etilishicha, PSJ rahbariyati Leonardo o'tgan yili bosh-qosh bo'lgan bazi transferlardan norozi.
SHuningdek, Leonardo 30 iyun kuni kelishuv muddati yakunlanadigan Mbappeni shartnomani uzaytirishga ko'ndira olmagan.
Fikrlar