PSJ Jeko bilan muzokaralarni boshladi
11 may 2019 11:45
Yangiliklar


PSJ Jeko bilan muzokaralarni boshladi
"Roma" forvardi Edin Jeko faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, Parij klubi vakillari 33 yoshli forvard yaqinlari bilan aloqaga chiqib, futbolchining transferi haqida muzokaralarni boshlab yuborishgan. Bosniyalik bilan shartnoma tuzish PSJ sport direktori Antero Enrikening g'oyasi. Jeko yozda klubini o'zgartirishi kutilayotgan Edinson Kavani o'rniga kelishi mumkin.
Jeko joriy mavsum "Roma" safida 37ta uchrashuvda maydonga tushib, 13ta gol urdi va 10ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar