PSJ Ikardining narxini belgilab oldi
16 may 2021 13:50
Yangiliklar
"AS" xabariga ko'ra, parijliklar futbolchini 35 mln evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Bir yil oldin klub argentinalik uchun 50 mln evro to'lagandi.
Qayd etilishicha, klub Kilian Mbappeni tarkibda olib qolish uchun shartnoma taklif qilmoqchi va shu boisdan chiqim xarajatlarni kamaytirishni maqsad qilgan. Ikardining yillik maoshi 10 mln evroni tashkil qiladi.
Ushbu mavsumda Ikardi chempionatda 26 o'yinda 12 gol va 3 assist qayd etdi.
Fikrlar