PSJ hujumchisi Ronaldo jamoasiga o'tadi
18 dek 2018 14:45
Yangiliklar
PSJ hujumchisi Ronaldo jamoasiga o'tadi
PSJ hujumchisi Xese Rodriges faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.
Malumotlarga ko'ra, 25 yoshli ispaniyalik mavsum oxirida Parij klubini tark etadi va Ronaldo sotib olgan "Valyadolid"ga o'tadi.
"Betis"da Xese bilan shartnoma imzolash imkoniyati bor edi, ammo Sevilya klubi futbolchi bilan bitim tuzishni istamadi.
Xese 2016 yil 25 mln. evro evaziga "Real"dan PSJga o'tgan edi, ammo u parijliklar tarkibidan joy ololmadi.
Futbolchi o'tgan mavsumni "Stok Siti" safida o'tkazib, 13ta uchrashuvda 1ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.
Fikrlar