PSJ o'z yetakchisini transferga qo'yadi

Mirjalol Normatov
21 apr 2019, 12:27
PSJ vingeri Yulian Draksler yozda jamoasini tark etishi kutilmoqda.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, Parij jamoasi 25 yoshli futbolchini transferga qo'ydi. Uning shartnomasi 2 yildan keyin yakuniga etadi.

Oldinroq futbolchining xizmatlariga "Arsenal", "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Bavariya" va hamda Dortmundning "Borussiya"si kabi jamoalar qiziqish bildirgandi.

Draksler 2017 yildan buyon PSJ tarkibida to'p tepib kelmoqda. Bu mavsumda u jamoasi tarkibida 39 o'yinda qatnashib, 5 gol urdi va 9 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe