PSJ egalari "Braga" akciyalarini sotib oladi
10 okt 2022 19:27
Yangiliklar
PSJ egalari "Braga" akciyalarini sotib oladi
Ushbu xabar bugun tongda Franciya nashrlarida paydo bo'ldi. PSJ va "Qatar Sports Investments" prezidenti Nosir Al Helayfi nomidan elon qilingan bayonotda Portugaliya futboli "eng ishtiyoqli muxlislarga ega va dunyodagi eng yaxshi iqtidorlar skautlar tarmog'iga ega ekanligi" tufayli ushbu qarorga kelgani malum qilinadi. SHuningdek:
"Braga" nufuzli tarix, ulkan ambiciya va maydonda ham, maydon tashqarisida ham obro'-etiborga ega bo'lgan Portugaliyaning namunali muassasalaridan biridir. Sarmoyadorlar va hamkorlar sifatida biz klubning innovaciyasi, o'sishi va taraqqiy topishini ko'rishni sabrsizlik bilan kutamiz. Tijoriy nuqtai nazardan o'z brendi va u qo'llab-quvvatlaydigan barcha jamoalar, erkaklar va ayollar jamoalari o'sishini ko'rishni istaymiz", – deyiladi bayonotda.
Ayni paytda Portugaliya chempionatida uchinchi o'rinni egallab turgan "Braga" QSI malum ulushiga ega bo'lgan Evropaning ikkinchi klubiga aylanadi. Belgiyaning "Eypen" klubi ham qatarlik sarmoyadorlarga tegishli.
Fikrlar