PSJ Dibala uchun yaxshi taklif jo'natmoqchi
10 avg 2019 01:13
Yangiliklar
PSJ Dibala uchun yaxshi taklif jo'natmoqchi
"Yuventus" va PSJ o'rtasida vinger Paulo Dibala borasidagi muzokaralar davom etmoqda.
"La Gazzetta dello Sport" nashri jurnalisti Nikolo SHiraning xabariga ko'ra, Franciya jamoasi futbolchiga yaqin vaqtlarda 5 yillik shartnoma taklif qiladi. Unda argentinalikning yillik maoshi 12 million evroni tashkil qiladi.
Turinliklar hozirda Dibalani "Inter" hujumchisi Mauro Ikardiga almashtirish yo'llarini ham ko'rib chiqishmoqda.
Fikrlar