PSJ bosh murabbiyi: "Verratti - bir necha yillardan buyon o'z poziciyasida eng yaxshi o'yinchilaridandir"
31 dek 2022 17:17
Yangiliklar


PSJ bosh murabbiyi: "Verratti - bir necha yillardan buyon o'z poziciyasida eng yaxshi o'yinchilaridandir"
PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte yarim himoyachi Marko Verratti bilan yangi shartnoma imzolangani haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Yangi bitim imzolanganidan mamnunman. U klubga sodiqligini ko'rsatishda davom etmoqda. Marko hozirda italyandan ko'ra ko'proq parijlik. Barchamiz birgalikda ishlashda davom etayotganimizdan mamnunmiz. Verratti — bir necha yillardan buyon o'z poziciyasida eng yaxshi o'yinchilaridandir", — deydi murabbiy.
30 yoshli Verratti klub bilan bitimni 2026 yilning yoziga qadar uzaytirdi. Oldingi shartnoma 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangandi.
Verratti PSJga 2012 yilda "Peskara"dan o'tgan. U Parijdagi 10 mavsumda 398ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 48ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar