PSJ - "Barselona" va "Liverpul" - "RB Leypcig" o'yinlariga hakamlar tayinlandi
08 mar 2021 17:38
Yangiliklar


PSJ - "Barselona" va "Liverpul" - "RB Leypcig" o'yinlariga hakamlar tayinlandi
CHempionlar Ligasi 1/8 final javob o'yinlarining ikki bahsida qaysi hakamlar ishlashi malum bo'ldi.
PSJ va "Barselona" o'rtasidagi o'yinni angliyalik Entoni Teylor boshqaradi. Ilk o'yinda parijliklar 4:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.
Kleman Tyurpen boshchiligidagi franciyalik hakamlar esa "Liverpul" va "RB Leypcig" o'rtasidagi o'yinda ishlashadi. Ilk bahsda mersisaydliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan.
Ikkinchi o'yin chorshanba kuni, aniqrog'i 10 martda o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
00:41
ECHL. "Feyenoord" Italiyada durang o'ynab keyingi bosqichga yo'l oldi, "Milan" musobaqani tark etdi 45

Fikrlar