So’nggi yangiliklar

18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  0 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  8 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  6 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  10 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  1 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1

Prveyu. "Bavariya" - "Barselona" Yangiliklar

Prveyu. "Bavariya" - "Barselona"

"Bavariya" mehmondagi yirik mag'lubiyati uchun "Barselona"dan revansh olishiga ko'pchilik ishonmaydi. Ammo Xosep Gvardiola taslim bo'lgani yo'q va haqda Luis Enrike biladi.
• Bir hafta oldin "Barselona" Lionel Messining dubli evaziga "Bavariya"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi

• "Biz 20-25 daqiqa ichida kerakli barcha ishni amalga oshira olamiz" - deydi Xosep Gvardiola.

• Luis Enrike: "Asosiysi futbolchilarim xotirjamlikni saqlab qolishi kerak"

• Ikki yil oldin "Bavariya" yarim finalda kataloniyaliklar darvozasiga to'rtta javobsiz gol urgan

• "Barselona" 2011 yilda Gvardiola qo'l ostida CHempionlar ligasida g'olib bo'lganidan so'ng, ilk bora finalga chiqishi mumkin


Tahminiy tarkiblar:

"Bavariya": Noyer; Rafinya, Benatiya, Boateng, Bernat; Xabi Alonso; Myuller, Lam, Tyago Alkantara, Getce; Levandovski.

O'ynamaydi: Alaba (tizza), Badshtuber (son), Riberi (to'piq), Robben (mushak).
So'roqostida: Rode (sonning orqa mushaklari)



"Barselona": ter SHtegen; Alves, Pike, Maskerano, Xordi Alba; Rakitich, Buskets, Inesta; Messi, Suares, Neymar.




"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola:

"Yarim finalda o'ynayotganmizdan xursandmiz. So'nggi 15 yildagi Evropaning eng kuchli jamoasiga 0:3 hisobida mag'lub bo'lyapmiz. Avvalambor biz yaxshi himoyalanishimiz kerak, keyin esa o'yin qanday rivoj olishini ko'ramiz. Nima sodir bo'lishini hech qachon bilmaysan. Barselonada 77 daqiqa davomida 0:0 edi. Biz gol urishimiz kerak. Uchrashuvda yuzaga keladigan xavfli imkoniyatlarmizdan foydalanishimiz shart. "Portu" va "SHaxtyor"ni bunday yirik hisobda mag'lub etamiz deb o'ylamagan edim. Xotirjamlikni saqlash kerak, chunki biz 20-25 daqiqa ichida kerakli barcha ishni amalga oshira olamiz.




Bu klubda ishlayotganimdan mamnunman va jamoa uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. "Bavariya"ga kelgan birinchi kunimdan boshlab bor kuchim bilan ishlayapman. Bu erda ishlash - mening orzuim. Albatta finalga chiqishni istayman, ammo bu qo'limizdan kelmasa hayotim o'zgarmaydi. Men o'z obro'im uchun kurashayotganim yo'q, futbolchilar uchun harakat qilyapman. Biz "Bavariya"miz va hech qachon imkon yo'q deb to'ztab qolmayman. Bu biz g'alaba qozona olmaydigan o'yin emas. CHin qalbdan o'ynashimiz kerak".

"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike:

"Ha, qarshi hujumlarda bizga teng keladigani yo'q. Agar Pep shunday deb aytgan bo'lsa, bunga qo'shilishdan boshqa iloj yo'q. Biz aqldan ozdiruvchi o'yin scenariysini xohlamaymiz. To'pga egalik qilib, xavfli imkoniyatlar yaratishni istaymiz, ammo "Bavariya" haqida ham shunday deyish mumkin. Himoya va hujum o'rtasida muvozana o'rnatish kerak. Faqat himoyada o'ynasak, gol ura olmaymiz.




O'zimizga juda ham ishonib yuborish yaramaydi, raqibni hurmat qilish lozim. Futbolchilarimiz xotirjamlikni saqlashi juda muhim. "Bavariya" qanchalik kuchli ekanligini bilamiz va ularga gol urish uchun imkoniyat bermaslikka urinib ko'ramiz. Myunxenliklarda muxlislar qo'llab turadi, shu sabab biz iloji boricha ko'proq raqib darvozasiga xavf solish kerak.

Hisobni ocha olsak juda yaxshi bo'lar edi. Ammo "Bavariya"ning hujumi juda kuchli, xatto Barselonada ham qiynalgan edik. Asosiysi - finalga chiqish. Birinchi uchrashuvda juda yaxshi natijaga erishdik, ammo futbolchilar o'ziga ishonishda davom etishi lozim.

"Bavariya" katta kuch bilan oldinga o'tadi. Pepning fikrlarini anglash qiyin emas. Tomoshabop o'yinni sabrsizlik bilan kutyapman".


Jamoalarning so'nggi o'yinlari:

"Bavariya" - "Augsburg" 0:1 (Bobadilya 71)



"Barselona" - "Real Sosedad" 2:0 (Neymar 51, Pedro Rodriges 85)



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика