Prosinechki: "Kruiff nohaq - Messi, Suares va Neymar maydonda kelisha olishadi"
03 noy 2014 12:07
Yangiliklar
Prosinechki: "Kruiff nohaq - Messi, Suares va Neymar maydonda kelisha olishadi"
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Robert Prosinechkining hisoblashicha, kataloniyaliklar hujumchilar Lionel Messi, Neymar va Luis Suares maydonda o'zaro kelishib o'ynay olishadi.
"Mening ustozim bo'lgan Yohan Kruiff bu futbolchilar maydonda bir vaqtda harakat qila olmaydi dedi. Men esa ular bir-biriga mos deya olaman. O'zini o'ylash ularning hammasida muammo keltirib chiqaradi, ammo Neymar va Suares Messining dunyodagi eng yaxshi futbolchiligini biladi. Bundan tashqari ular sovrin qo'lga kiritish niyati bilan yonishmoqda. Bu ko'proq Suaresga tegishli" - deydi Prosinechki.
Eslatib o'tamiz, Prosinechki "Real"da ham to'p surgan.
Fikrlar