So’nggi yangiliklar

01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  1 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  2 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  0 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  0 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  0 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  11 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  20 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3 20:36Суперлига. ОКМК "Жар"да "Пахтакор"ни мағлуб қилди  6 20:25"Пахтакор" кумуш медаллар учун курашдан чиқди  13 20:06Суперлига. ОКМК ВАР томонидан 13 дақиқа текширилган ҳамда япониялик футболчи томонидан урилган голлар эвазига 11 йилдан сўнг сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди  62

"Jamoamiz rahbarlari va murabbiylar tarkibni kuchaytirish harakatida. Orzuim amalga oshganidan xursandman". Andijonda "Bobur Arena" ochgan Bobir Akbarov bilan intervyu Yangiliklar

"Jamoamiz rahbarlari va murabbiylar tarkibni kuchaytirish harakatida. Orzuim amalga oshganidan xursandman". Andijonda "Bobur Arena" ochgan Bobir Akbarov bilan intervyu

Baxtiyor Ashurmatov murabbiyligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarining birinchi bosqichini yakunladi.

Endilikda jamoa azolari yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirishadi, so'ng esa Farg'onaga yo'l olib "Hokim kubogi" musobaqasida ishtirok etishadi.Biz bu boradagi fikrlarni va ortda qolgan birinchi yig'in hususida jamoaning tajribali futbolchisi Bobur Akbarovni suhbatga chorladik. Takidlab o'tish joiz ayni vaqt qo'qonliklar tarkibida to'p tepayotgan futbolchi yaqinda Andijon shahrida "Bobur Arena" nomi bilan yangi stadionini ochdi. Suhbat davomida bu haqida ham bir nechta savollar bilan murojaat qildik. 

- "Qo'qon -1912" jamoasi qishki yig'inning birinchi qismini tugatdi va bugundan Toshkentda yig'inni boshlaydi. Yig'inning birinchi bosqichi va tiklanish jarayonlari haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz...

- Pandemiya sababli o'tgan mavsum Superliga va kubok bahslari kechroq yakunlandi. SHuning uchun murabbiylar shtabi futbolchilarga hordiq chiqarish uchun imkoniyat berishdi. Mashg'ulotlarga esa yangi yildan so'ng kirishdik. Qo'qon shahrida o'tgan birinchi yig'inda asosan tiklanish mashqlariga etibor qaratildi. Murabbiylar tomonidan berilgan ko'rsatmalarni bajarishga harakat qildik. Bu jarayon futbolchilarning sport formasiga qaytishida muhim rol o'ynaydi deb o'ylayman.

- Odatda avvallari yanvar oyida jamoalarimiz tayyorgarlikning ikkinchi bosqchini o'tkazar, ilk yig'in esa dekabr oyi oxirlarida boshlanardi. Qaysidir manoda hozirgi vaqtda avvalgiga qaraganda o'zgarishlar ko'rmoqdamiz...

- Proffessional futbolchiga bu omillar tasir qilmasligi kerak. Ertami yoki kechmi biz o'z ishimizni qilishimiz shart. Hozirda qishki yig'inning birinchi bosqichini yakunlab Toshkentga keldik. Poytaxtda ikkinchi yig'inni o'tkazamiz, o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushamiz. CHempionat bahslari boshlangunga qadar barchamiz tayyor bo'lib ulguramiz. 

-  Toshkent yig'inidan so'ng jamoa Farg'onada "Hokim kubogi"da ishtirok etadi. Bu safar musobaqaga qo'shni mamlakatdan ham jamoalar kelishi kutilmoqda. Ijobiy jihati o'ziga xos raqobat ham kuchli bo'ladi, kurashuvchan jamoalar soni oshadi. Mazkur turnirdan nima kutmoqdasiz? Etibor bersak yildan-yilga turnir darajasi oshib borayotgani to'g'rimi?

- Ko'p jamoalar singari biz ham "Hokim kubogi" musobaqasida ishtirok etamiz. Hozircha kimlar qatnashishidan xabarimiz yo'q. Biz ishimizga proffessional tarzda yondashib qanday musobaqa bo'lmasini jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz va bosh sovrin uchun kurashamiz. Futbolimiz saviyasi va darajasi oshishida "Qo'qon-1912" jamoasi ham hissa qo'shayotganidan xursandmiz. Maqsadimiz doimo o'zimiz ishtirok etayotgan musobaqada g'olib chiqib muxlislarimizni xursand qilish va jamoamiz shanini yuksaltirishdir. 

- Qishda futbolchilarning organizimi o'ziga xos vitaminlarga, qo'shimcha ozuqalarga ehtiyoj sezadi. Ushbu holat o'ynchining tiklanishida muhim ahamiyat kasb etadi...

- Umuman olganda bu futbolimizning og'riqli nuqtalaridan biri. SHu bois ortiqcha izohga xojat yo'q deb bilaman. 

- Yaqinda Andijon shahrida o'zingizning "Bobur Arena" deb nomlangan stadioningizni ochdingiz. Avvalo tabriklaymiz. Arena barpo qilish loyihasi qachon ishlab chiqildi? Qanday to'siqlardan o'tishingizga to'g'ri keldi?

- Futbolchi sifatida o'z stadionimni qurish va ishga tushirish niyatim bor edi. Bu ko'p yillardan beri orzuim hisoblanardi. 2019 yil "Andijon" jamoasida o'ynab yurgan kezlarimda viloyat hokimi tomonidan futbol arenasi qurish uchun joy ajratildi. Berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib orzuimni amalga oshirishga qattiq bel bog'ladim. Avvaliga erni tartibga keltirish biroz qiyinchilik tug'dirdi. Hamma narsada qiyinchilik bo'lgani kabi stadionni qurib bitirish osonlikcha yuz bermadi. Sekin-asta maqsadim sari intilib natijaga erishdim va bundan juda ham xursandman. Stadionni o'z ismim bilan nomlashga qaror qildim.

- Qizig'i "Andijon" jamoasining asosiy o'yingohi ham "Bobur Arena"ga o'zgartirildi...

- Andijon markaziy stadioning shunday qayta nomalanishi biz uchun yangilik bo'ldi.

- Yaqindagina ochilgan stadionda bolalarning shug'ullanishi tartibi qanday yoki o'yingohda biror jamoa shakllantiriladimi?

- Arenada asosan tumanimizdagi bolalar mashg'ulot olib borishadi. SHuningdek bir qator yosh toifalaridagi jamoalarni shakllantirish rejamizdan o'rin olgan. Viloyatimizning bosh jamoasiga futbolchilarni etkazib berishni oldimizga vazifa qilib qo'yganmiz. 

- Eng yaxshi sarmoya bolalarga, yoshlarga sarflanayotgan sarmoya fikriga qo'shilasizmi?

- Menimcha hamma birdek ushbu fikrga qo'shilsa kerak. Axir kelajak yoshlarning qo'lida, ularning o'sishi uchun hozirdan barcha sharoitlarni yaratib berishimiz zarur. Bu bizning burchimiz sanaladi. 

- Suhbatimiz yakunida qo'qonlik futbol muxlislariga tilaklaringiz bo'lsa marhamat...

-  Qo'qonda ajoyib ishqibozlar bor. SHaxsan o'zim o'tgan mavsumda guvohiga aylandim. Turnir jadvalida egallagan o'rnimizdan ular ham, futbolchilar ham qoniqdi deb o'ylayman. Har bir jamoa muxlislari yuqori natijalarni kutishadi. Yangi mavsumda ham yanada yuqori marralarni zabt etishga bor kuch-g'ayratimizni ishga solamiz. Ayni paytda jamoamiz rahbarlari va murabbiylari tarkibning o'zagini saqlab qolib kerakli poziciyalarga futbolchilarni olish harakatidalar. Agarda bu ishlar amalga oshsa Qo'qon futboli nufuzi yanada oshadi degan umiddaman.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика