Professional futbol klubi azosi hamkasbining bank kartasidagi pullarini o'zlashtirdi
11 noy 2022 21:00
Yangiliklar
Professional futbol klubi azosi hamkasbining bank kartasidagi pullarini o'zlashtirdi
Professional futbol klubi futbolchilari Jizzax viloyatida 1993 y.t., Q.B va Surxondaryo viloyatida 1994 y.t., A.S. ariza bilan murojaat qilib, nomalum shaxs bank kartalaridagi umumiy 18.341.250 so'm pullarini echib olinganligini bildirishgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni o'zlashtirgan shaxs futbol klub jamoasi azosi Farg'ona viloyati O'zbekiston tumanida yashovchi 2004 y.t., M.M. ekanligi aniqlangan.
M.M. ushbu jinoyatni futbol klubi jamoasi mashg'ulotlar o'tkazgan vaqtda futbolchilar buyumlari qoldirilganligidan foydalanib telefon qurilmalaridan bank kartasi ulangan sim-kartalarni o'zining qurilmasiga o'tkazib, SMS-xabarnomalarni qo'lga kiritish yo'li bilan amalga oshirganligi malum bo'ldi.
M.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fikrlar