So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  3 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  6 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  15

PRO qani, janob murabbiylar? Yangiliklar

PRO qani, janob murabbiylar?

O'tgan yilning dekabr oyida 2017 yilgi oliy liga bahslariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tgandi.

O'sha yig'ilishda bir qator muhim masalalar va yangiliklar elon qilingandi. Ulardan biri bosh murabbiylarga qo'yiladigan talabning o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgandi.

"Yangi yildan boshlab oliy liga klublari bosh murabbilarida PRO licenziyasi bo'lishi shart. Buni biz o'ylab topmadik. Bu OFKning talabi. SHunga tayyor turinglar. Oliy liga qaydnoma topshirish vaqtida xodimlaringiz kelib menejer deydi. Kimu menejer? Klubda aniq lavozim bor - bosh murabbiy! Tamom. Bosh murabbiy kimligini aniq ko'rsatish kerak" - degandi o'shanda PFL bosh direktori Farhod Magometov.

Ko'pchilik klublar yangi mavsum oldidan PRO licenziyasi bor bo'lgan bosh murabbiyga muhtoj bo'lib qolishdi. PFL klublarga qo'yilgan talabni biroz yumshatdi va tegishli licenziyasi bo'lmagan mutaxassislarga vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchisi bo'lishga ruxsat berdi. Unga ko'ra vaqtincha murabbiylar yoz faslida PRO licenziyasi uchun o'quv kurslarida o'qishlari kerak edi. Ammo avgust oyi boshlandi, hali hanuz PRO uchun o'qish boshlangani yo'q.

Oliy liga klublari ichida etti murabbiyning PRO licenziyasi mavjud emas. Balki PFL ushbu talabni olib tashlagandir yoki klublarga bir mavsum imkoniyat bergandir. Biroq agar shunday bo'lgan taqdirda ham OAVda ushbu yangilik elon qilinmadi.



Qarshining "Nasaf" klubi ustozi Ro'ziqul Berdiev jamoasi bilan bir necha bor bronza medallariga ega chiqdi, O'zbekiston kubogi va Superkubogida zafar quchdi, "Nasaf" ushbu murabbiy qo'l ostida bir necha mavsum davomida Osiyo chempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etdi. Biroq PFL talabiga ko'ra har qanday murabbiyda PRO bo'lishi kerak, demak Ro'ziqul Sadullaevich ham tegishli licenziyani olishi kerak.

O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Ulug'bek Baqoev yil boshida "Buxoro" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Baqoev aynan shu yildan boshlab oliy liga klubini boshqarishni boshladi. Yani sobiq hujumchi bosh murabbiylikda debyutini o'tkazmoqda. Albatta dastlabki yil uchun natijalar yomon bo'lmayapti, ammo qoida barcha uchun bir xil, shunday ekan Baqoev ayni paytda bosh murabbiy bo'lib ishlashga huquqi yo'q. Har holda PFL bosh direktori shunday degan.



Farhod Magametov klublarda menejer lavozimi yo'qligi, faqat bosh murabbiy lavozimi borligini aytganidan so'ng “Qizilqum” bosh menejeri Hamidjon Aktamov bu yildan bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkazildi. Biroq unda ham yuqorida aytilaverib siyqsi chiqqan licenziya mavjud emas. SHu sabab Aktamov xuddi Baqoev kabi vaqincha bosh murabbiyi lavozimi bajaruvchi hisoblanadi.

"Yangi yildan oliy liga murabbiylarida PRO licenziyasi bo'lishi haqida aytishdi. Bu to'g'ri qaror deb bilaman. Murabbiylar o'z ustilarida ishlashsa rivojlanish bo'ladi. Meni qo'yavering, menga PRO licenziyasi kerak emas. Nafaqaga chiqadigan yoshga etib qolgan bo'lsam. "Metallurg"da yosh murabbiylar bor, masalan Fevzi Davletov". Bu intervyuni “Metallurg” bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov yangi yil bayrami arafasida bergan edi. Mana o'sha intervyu berilganiga 8 oy vaqtdan ko'proq vaqt bo'ldi. Biroq PRO licenziyasiga ega bo'lmagan Mirsodiqov Bekobod klubi bosh murabbiyi sifatida qayd etilib kelmoqda.

O'tgan yil “Navbahor”ni oliy ligada olib qolgan Ilhom Mo'minjonovda ham PRO yo'q. Biroq rahbariyat uning ishidan qoniqmoqda va murabbiyga to'la ishonishda davom etmoqda. Qishda tarkibga ko'plab yangi o'yinchilarni jalb qilgan Mo'minjonov yozda ham 10ga yaqin yangi futbolchilarni qo'shib oldi. “Lochinlar” ustozi agar PRO o'quv kurslari bo'lsa unda albatta o'qishini bir necha bor aytib o'tgan edi. Biroq hozircha bu o'qishdan darak bo'lmayapti.



“So'g'diyona”ning yangi bosh murabbiyi Diyor Fayziev ham tegishli hujjat yo'q va u oliy liga klubini boshqarish huquqiga ega emas. Davron Fayzievning akasi hisoblangan Diyor Orifovichda B licenziya bor xolos. SHu paytga qadar reglamentga ko'ra oliy liga murabbiylarida kamida A licenziyasi bo'lishi shart edi. Ammo Jizzax klubi katta ehtimol bilan nimaga boshqa klublarga mumkin-u bizga mumkin emas qabilida ish tutib Diyor Fayzievni bosh murabbiy etib tayinlab qo'ydi.

“Lokomotiv” va “Dinamo” klublaridagi vaziyatdan o'quvchilarimizning xabarlari bo'lsa kerak. Ushbu jamoalarda aslida bosh murabbiy boshqa insonlar, qog'ozda esa PRO licenziyaga ega bo'lgan mutaxassislar bosh murabbiy hisoblanishadi.

Ushbu maqola bilan qaysidir murabbiyni yomonlash yoki qaysidir jamoani tanqid qilmoqchi emasmiz. SHunchaki yil boshida PFL rahbari tomonidan aytilgan keskin talabni klublar qanchalik bajarishganiga etibor qaratmoqchi bo'ldik xolos. Balki avgust oyining o'zida yoki keyinroq PRO licenziyasi uchun o'quv kurslari tashkil etilar. Biroq ikkinchi davra o'yinlari start olgan paytda murabbiylar klubi haqida o'ylaydimi yoki o'ta muhim bo'lgan licenziya uchun o'qish haqida bosh qotiradimi? Bu ham kishini o'ylantiradigan holat hisoblanadi.



Oliy ligada ishlayotgan qaysi murabbiyda PRO licenziya bor?
"Lokomotiv" Andrey Miklyaev - PRO
"Bunyodkor" Mirjalol Qosimov - PRO
"Mashal" Aleksandr Xomyakov - PRO
"Neftchi" Vadim Abramov - PRO
"Olmaliq" Viktor Kumikov - PRO
"Qo'qon-1912" No'mon Hasanov - PRO
"Obod" Rauf Inileev - PRO
"Dinamo" Oleg Tyulkin - PRO
"Paxtakor" SHota Arveladze - PRO

"SHo'rtan" Vitaliy Legay
"Nasaf" Ro'ziqul Berdiev
"Buxoro" Ulug'bek Baqoev
"Qizilqum" Hamidjon Aktamov
"Metallurg" Rustam Mirsodiqov
"So'g'diyona" Diyor Fayziev
"Navbahor" Ilhom Mo'minjonov

Narzulla Saydullaev

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика