So’nggi yangiliklar

14:09Шерзод Эсанов "Акрон"ни тарк этди  6 13:48"Барселона" ёш футболчиси билан хайрлашадими?  0 13:15"Манчестер Сити"ни 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  1 12:46"Челси" Симонс билан музокараларда олдинга силжиди  0 12:25Баҳром Ҳайдаров: "Имкон қадар 10таликдан ўрин эгаллашга ҳаракат қиламиз"  0 11:54"Интер" асосий футболчиси "Реал" диққат марказида  0 11:26Виталий Денисов: "Файзуллаев топ-5 лигадаги клубга ўтади деб умид қилгандим"  9 10:53"Насаф" сардори легионерга айланишга яқин  15 10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  1 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  7 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  13 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  2 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  3 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  2

Pro ligada yagona gol urilgan o'yinni boshqargan hakamga chora ko'rildi Yangiliklar

Pro ligada yagona gol urilgan o'yinni boshqargan hakamga chora ko'rildi

Yangi mavsumning ilk turidagi dastlabki uch o'yinida darvozalarga bitta to'p kiritildi.

O'zbekiston futbol associaciyasi Hakamlar qo'mitasining bahsli vaziyatlar yuzasidan navbatdagi qarori elon qilindi.


Unga ko'ra, joriy yilning 12 mart kuni O'zbekiston Pro ligasi 1-turidan o'rin olgan “Aral” – “Do'stlik” bahsi bosh hakami Jaloliddin Husnitdinov o'yinda yo'l qo'ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,4 (qoniqarsiz) bahosiga loyiq ko'rilgan.

O'FA Hakamlar qo'mitasi tomonidan Ekspert-hakamlar komissiyasining chiqargan xulosasi, uchrashuv nazoratchisining qo'ygan bahosi inobatga olingan holda bosh hakam Jaloliddin Husnitdinovga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.3-bandiga muvofiq, barcha musobaqalardan 2024 yil 15 mayga qadar, yani:

— O'zbekiston Kubogidan 3 ta tur;

— Superliga bahslaridan 4 ta tur;

— Pro liga bahslaridan 6 ta tur;

— Ayollar Oliy ligasidan 8 ta tur;

— U21 ligasidan 4 ta tur uchrashuvlariga chetlatish, o'yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 75% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo'llanilgan.

Avvalroq O'zbekiston futbol hakamlari markazi “Aral” – “Do'stlik” uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi qarorini elon qilgandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика