Pro ligada yagona gol urilgan o'yinni boshqargan hakamga chora ko'rildi

Оқил Абдубарноев
14 mar 2024, 19:06
Yangi mavsumning ilk turidagi dastlabki uch o'yinida darvozalarga bitta to'p kiritildi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar qo'mitasining bahsli vaziyatlar yuzasidan navbatdagi qarori e'lon qilindi.


Unga ko'ra, joriy yilning 12 mart kuni O'zbekiston Pro ligasi 1-turidan o'rin olgan “Aral” – “Do'stlik” bahsi bosh hakami Jaloliddin Husnitdinov o'yinda yo'l qo'ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,4 (qoniqarsiz) bahosiga loyiq ko'rilgan.

O'FA Hakamlar qo'mitasi tomonidan Ekspert-hakamlar komissiyasining chiqargan xulosasi, uchrashuv nazoratchisining qo'ygan bahosi inobatga olingan holda bosh hakam Jaloliddin Husnitdinovga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.3-bandiga muvofiq, barcha musobaqalardan 2024 yil 15 mayga qadar, yani:

- O'zbekiston Kubogidan 3 ta tur;

- Superliga bahslaridan 4 ta tur;

- Pro liga bahslaridan 6 ta tur;

- Ayollar Oliy ligasidan 8 ta tur;

- U21 ligasidan 4 ta tur uchrashuvlariga chetlatish, o'yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 75% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo'llanilgan.

Avvalroq O'zbekiston futbol hakamlari markazi “Aral” – “Do'stlik” uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi qarorini e'lon qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази