So’nggi yangiliklar

08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  0 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  5 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3

PRO-liga. Uchqun Qobilov: "G'alaba uchun "Dinamo"ga omad etishmadi" Yangiliklar

PRO-liga. Uchqun Qobilov: "G'alaba uchun "Dinamo"ga omad etishmadi"

Pro-Liga 1-turi doirasidagi Norin - Dinamo (0:0) o'yinidan keyin jamoamiz katta murabbiyi Uchqun Qobilov uchrashuvdan keyingi fikrlarini bildirdi.

- Bugun jamoa bir ochko yo'qotdimi yoki qo'lga kiritdimi?

- SHubhasiz, ochko yo'qotdik. Bugun faqat g'alaba ilinjida kelgandik. Ammo, tan olaylik “Norin” ham hurmatga sazovor klub ekanligini yana bir karra isbotladi. Bu jamoa tarkibi 2-3 yildan buyon deyarli o'zgarmayapti. Mavsum oldi yig'inda ham “Norin” “Andijon” va “Surxon”ni mag'lub etgandi. SHunday ekan, “Norin” jamoasini kuchsiz jamoa deb bo'lmaydi. “Dinamo” Oliy Ligaga yo'l olgan 2016 yilda ham “Norin” bizga asosiy raqobatchi bo'lgandi. O'shanda ham mavsumni yaxshi boshlay olmagan bo'lsakda, yakunda Oliy Ligaga chiqqandik.

- Bugun g'alaba uchun jamoaga nima etishmadi?


- Bu bahs mavsumning boshlanishi ekanligini inobatga olish kerak. Qolaversa, o'yin davomida vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda hujumkorlikni oshirdik, Amirjon Safarovda yaxshi imkoniyat bo'lgandi, ammo omad bizdan yuz o'girdi. Jamoamiz o'yini yomon chiqmadi, faqat bugun raqib ham yaxshi o'ynadi, qolaversa g'alaba uchun omadimiz ham kelmadi.

- “Dinamo” endi 3-turda “Mashal”ga qarshi maydonga tushadi...


- Oldimizda kubok doirasidagi “Xotira-79” va “Mashal” bilan bahs turibdi. 2-turda dam olishimiz bois, xatolarni tahlil qilib, ushbu bahslarga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Pro-Liga yangi formatida hech bir jamoaga oson bo'lmaydi. Maqsadimiz Superligaga chiqish, qo'l ostimizda yaxshi jamoa yig'ilgan. SHunday ekan, mavsum esa endi boshlandi, kurashishda davom etamiz.

Usmon IBODOV yozib oldi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика